Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
"NikE" xaqida qiziqarli 8 ta fakt
1. Nike kompaniyasi sportchi Fil Nayt va uning murabbiyi Bill Bouerman hamkorligida 1964 yilda tashkil etilgan.

2. Yangi firma nomini o‘ylab topish uchun bir kecha berilgan Jeff Jonson tushiga Nika ma’budasi kiradi. Shunday qilib Nike nomi dunyoga kelgan.

3. Naytning firmaga kiritgan birinchi investitsiyasi 500 dollarni tashkil etadi. birinchi rasta esa Filning mashinasi bagaji bo‘lgan.

4. Kompaniya sloganini Naytning o‘zi tasodifan o‘ylab topadi. U telefon orqali bu boradagi fikrlarni eshitadi va yoqmaydi. Shunda go‘shakni qo‘yib, “Just do it!” deydi.

5. Bir kuni Fil Nayt buxgalterlik kursida Portlend universiteti talabasi Kerolayn Devidson bilan tanishib qoladi va undan oyoq kiyimining yonboshiga chizish mumkin bo‘lgan bir rasm chizishni iltimos qiladi. Qiz unga belgi shaklidagi kartinani taqdim etadi. Bu dizayn uchun esa unga $35 to’laydi.

6. Kompaniya bilan hamkorlik qilgan Maykl Jordan krossovkasi rangi qora-qizil edi va bu NBAda taqiqlangan ranglar qatoriga kiradi. Buning uchun unga ming dollar jarima soladi. Shunday qilib, Maykl Jordan Nike krossovkalarini kiyib maydonga tushishi uchun kompaniya doim 1000 dollar jarima qo’lab turgan.

7. Nike oyoq kiyimlar bozorining 38 foizini egallab, bu borada dunyodagi eng muvafaqiyatli kompaniya hisoblanadi.

8. Nike kompaniyasining dunyo bo’ylab 44 ming ishchisi bor.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 15:16 | O'qilgan: 603 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net