Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
”Forbes” jurnali xaqida qiziqarli faktlar
*1982 yilning 13 sentyabridan buyon “Forbes” eng boy 400 nafar amerikalik ro‘yxatini chop etadi. “400” raqami bejizga tanlanmagan: 1890-yillarda Uilyam Blekxauz-Astor ismli ayol o‘z saroyida amerikaning eng boy insonlari uchun ziyofatlar uyushtirgan. Uning saroyiga 400 nafardan ortiq kishi sig‘magan. Reyting nomi shundan olingan. Dunyoning eng boy kishilari ro‘yxati 1986 yildan beri berib boriladi.

* Forbes jurnalidan tashqari, Forbes Incorporated kompaniyasiga Newsweek, Wall Paper kabi gazeta-jurnallar ham tegishli. Jurnalning bosh muharriri Stiv Forbs.

*AQShda chiqadigan Forbes jurnalining adadi 900 mingdan ortiq. Bundan tashqari, jurnal Rossiya, Yaponiya, Braziliya, Koreya, Xitoy, Isroil, Polsha, arab davlatlari va YevroIttifoqda ham chop etiladi.

*Jurnalning Forbes Style, Forbes Woman, Forbes Life, Forbes Real Estate deb nomlanuvchi ilovalari ham bor.

*Kompaniyaning daromadi haqidagi ma’lumotlarni Stiv Forbs oshkor etmaydi. Bir necha yil ilgari Forbsning boyligi 400 million dollar (otasidan meros qolgan 1,4 milliard dollardan tashqari) deb baholangan. Stiv yiliga 1,2 million dollar maosh oladi.

*Jurnaldagi eng boy insonlar ro‘yxati ilk marta 1918 yilning 2 martida chop etilgan.

*Dunyoning eng boy insonlari reytingidan tashqari, jurnal eng boy amerikaliklar (Forbes 400), mashhurlar (The Celebrity 100), eng yirik kompaniyalar (The World’s Biggest Companies), eng boy shou-biznes yulduzlari, eng ta’sir ko‘rsatuvchi insonlar, eng qimmat avtomobillar reytingi kabi ro‘yxatlarni ham e’lon qiladi.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 15:03 | O'qilgan: 840 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net