Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Tamaki chekishning yuli
2007 yilda AQShning Minnesota shtatida barlarda tamaki chekishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Qish kunlarida mijozlarning hech biri tashqariga chiqib chekishni istamas, oqibatda chekuvchilar barlarga bormay qo‘yishgani uchun ularning egalari daromaddan quruq qolishardi. Ammo ishbilarmonlar qonunni chetlab o‘tishning yo‘lini topishdi. Qonunga ko‘ra, agarda aktyor rol bajarayotganida qahramoni chekadigan bo‘lsa jamoat joylarida ham chekaverishi mumkin edi. Qonunda aktyor professional bo‘lishi kerakmi yoki havaskorlarga ham bu taalluqlimi ekanligi ko‘rsatilmaganligi bois “Barnacle” deb nomlanuvchi bar egalari kechki teatr tomoshalari uyushtirishdi. Bu yerda barcha xizmatchilar ham, tashrif buyuruvchi mijozlar ham aktyor sifatida rol o‘ynashar va bemalol chekishardi.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Maruf | Vaqti: 07.03.2015 / 14:49 | O'qilgan: 558 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net