Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Qizlar Hayolini O'g'irlash Madaniyati
<< 1 2 3
bu "aqlli" o'zi bilmaydigan holda qizlarni e'tiborini
tortadigan harakatlar qilishadi. Qizlar normal insonlarga unchalik e'tibor qilishmaydi. Ahmoqlardan ham ko'p
narsa o'rganishimiz mumkin
Uchrashuvga taklif qilding, ko'ndi, xo'sh nima qilish kerak? Yodda tutginki, qizni birinchi uchrashuvga qimmat
yoki hashamatli joylarga taklif qilma! Bu bilan sen uni oldida o'z statusingni tushirasan. Chunki u oddiy
uchrashuv sen uchun bayram deb tushunadi. Ha aytgancha, oldin uni qanday qilib uchrashuvga chiqarish, qanday
taklif qilish haqda gaplashib olmabmizu. Xo'sh, demak... Qizlarni uchrashuvga chiqarishni ham turli yo'llari
mavjud. Agar qiz yoningda bo'lsa, unga shunday de: hozir men seni odatda o'zim yolg'iz boradigan bir joyga
olib boraman. Qizlar odatda yo'q demaydi, ular bu joy qanaqa joyligiga qiziqishadi. Ammo bu gapdan keyin sen
uni chindan ham tinch va hordiq chiqarsa bo'ladigan bir joyga oborishing kerak. Uni taklif qilgandan so'ng,
undan borasanmi deb so'rama. Qo'lidan ushlada, uni yetakla. Xo'sh, agar qiz bu payt uyida bo'lsachi. Unga
qo'ng'iroq qil va ishonch bilan uni taklif qil. Telefonda: "salom, qalesan? Bilasanmi, men hozir ko'chadaman
10 daqiqadan so'ng *joy nomi*da bo'laman, tezroq kel, senga zarur gapim bor". Odatda qizlar rad qilishga
harakat qilishadi, bahonalar topishadi. Lekin sen shunday gapirginki, uni tanlashga imkoni bo'lmasin. Ya'ni
gapni aniq, tez, qizqa-lo'nda qil va go'shakni qo'y. Bu kamdan-kam insonni qo'lidan keladi. Xo'sh, uchrashuvga
chiqmadimi, demak, u senga qo'ng'iroq qilmaguncha sen qilma, o'zingni undan xafadek ko'rsat. Agar u ko'nsa,
kelsa u yog'i suhbat. Asosiysi kayfiyating zo'r bo'lishi kerak. Chunki kayfiyat odamdan odamga o'tish
xususiyatiga ega. Jiddiy gapirma, ya'ni o'ynab gapir, shunda ikkalangiz ham o'zlaringizni yengil tutasizlar.
Sevgan qizingiz bilan munosabatda ba'zi paytlarda unga komplimentlar qilib turishni ham unutmang. Lekin
komplimentni ozi yaxshi. Quyida o'zim o'ylab topgan eng sara komplimentlarni keltirib o'taman, ularni sms
tarzida yuborsangiz ham bo'ladi:
1) Kecha osmondan habar keldi: -bitta farishta qochib ketdi, sen ko'rmadingmi? deyishdi. Lekin sen ishonaver,
men seni sotmadim (ba'zi qizlarga shaytoncha shaklida yozsa ta'sir etadi).
2) Yer bilan osmon ulardan kim chiroyli ekanligi borasida bahslashayotgan ekan. Osmon o'zining yulduzlari va
oyni ko'rsatgan ekan. Bilasanmi, Yer nima qilibdi? U seni ko'rsatibdi.
3) Alloh ikki mo'jiza yaratgan: birinchisi - Yer, ikkinchisi - sen.
4) Hozir nimalar bo'layotganidan qat'iy nazar, hozir eng olamshumul voqea yuz beryapti. Denyodagi eng chiroyli
qiz mening yonimda.
5) Kimlardadir pul bor, kimlardadir qobiliyat, kimlardadir obro', menda esa sen...
6) Agar o'zim yoqtirgan musiqani qayta eshitaversam jonimga tegadi. Lekin sening ovozingni butun umr eshitishga
tayyorman.
7) Osmonda millionlab yorug' yulduzlar bor, lekin menga yerdagisi muhimroq, u yonimda.
*komplimentlarni muddatidan avval ishlatma, bu yomon oqibatlarga olib keladi, u seni
mensimay qo'yadi. Faqat u seni sevib qolgandan so'ng ishlat.

Qizlar bilan munosabatda bo'lishda, ular bilan aloqada bo'lish paytida bir narsaga katta e'tibor qaratishing
kerak. Doim u bilan muloqotda bo'lganda hech nolima, kamchiliklaring haqida gapirma - uni o'zi topib oladi,
hayotingda bo'lgan noxushliklar haqidaku umuman gapirma. Agar seni kimdir aldagani haqida gapirsang, u shunday
o'ylaydi: demak uni ko'p aldashadi, uni aldash mumkin - ishonch kamaydi (minus). Doim o'zingni baxtli damlaring
haqda gapir, u tushunsin sen bilan baxtli bo'lishini. Agar sen gaplaring orasida: menga qizlar bergan sovg'alar
yoqadi desang, u o'ylanib qoladi, demak unga qizlar ko'p sovg'a berishadi. Bu bilan uni senga qiziqishi ortadi.
Doim shunday gapirginki, "bu menga yoqadi", "menga shunisi yoqadi" iboralarini ko'p ishlat. Shunday qilsang u
sen yoqtirgan harakatlarni qilishga harakat qiladi. Qiz senga savol bera boshladimi, demak u sen bilan yanada
qiziqa boshladi. Savollariga aniq javob berma. Masalan, sen haqda bir savol bersa, o'zing nima deb o'ylaysan
deb so'ra, savolini o'ziga yo'naltir. U sen haqda qancha kam bilsa shuncha yaxshi.

Oshna, maslahatlarga amal
qilgan holda davom et! Omad! ;)
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 09.10.2014 / 17:54 | O'qilgan: 88270 | Izohlar: (0)
<< 1 2 3
Яндекс.Метрика Statok.net