Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Qizlar Hayolini O'g'irlash Madaniyati
<< 1 2 3 >>
o'zingni oddiy tut, qiz bilan
tanishayotib o'zingni yengil tut kabi foydasiz maslaxatlar berishadi. Nega? Chunki ular o'zlari ham bilmaydi
qanday muvaffaqiyatlarga erishayotganini, ular shunday xarakterga ega, ular o'zini oddiy tutib bunga erishishadi.
Agar senda bu o'xshamasa, demak sen aksini qil. Ya'ni o'z "ramkangdan" chiqishga harakat qil. Qiz bilan
tanishayotib, birinchi maqsad qanaqa? Ko'pchilik o'z oldiga to'g'ri maqsad qo'ya olmaydi. Nima deb o'ylaysan,
birinchi maqsad unga yoqishmi? Yo'q! Birinchi maqsad - uni senga yoqishga harakat qilishga undash, uni
qiziqtirish. O'z fantaziyangga qarab, har xil qizga har xil yondashishing mumkin. Masalan... Sen tanimaydigan,
ammo senga yoqadigan bir qiz. Yonidan o'tib ketayotib (yoki bir joyda yonida turib), quvnoq ovozda -salom!
Uyam salom berishga majbur, agar u odobni tushunsa. -Salom, javob qaytardi u. Boshqa hech narsa dema va
o'zingni unga e'tibor qilmayotganday qil, atrofga qarashing mumkin. Biroz paytdan keyin unga qarab yana salom ber.
U yana javob qaytaradi. Shuni yana 3-4 marta qaytarganingdan so'ng u chiday olmaydi va senga shunday deydi:
boshqa gap bilasanmi o'zi? Endi uning o'zi sen bilan munosabatga kirdi. Ismini so'ra (99% holatda u aytadi).
Yoki shunday javob qaytar: bilaman, qaleysan? Shu bilan u bilan tanishib ham olasan. Bu 'podxod' senga ahmoqona
tuyulsa, boshqa yo'llari ham bor. O'zing ham fantaziyangga qarab biror 'podxod' turini o'ylab topishing mumkin.
Bunda asosiysi ilk vaqtda, ya'ni tanishayotganda qiz sening u bilan qiziqayotganingni to'liq anglamasligi kerak.
U bilan aloqada o'zingni o'ynayotganday qilib ko'rsat. U bilan gaplashayotganda o'zingni shunday his qilginki,
sen bundan rohatlanayapsan. Ana shundagina aniq bir natijaga erishasan. Tanishishni boshqa yo'llari haqida
yozishni va'da qilgandim. Demak... Oldin senga bir narsani tushuntirishim kerak. Qizlarni tushunish, ularni
o'rganish - bu tajribalar yo'li bilan amalga oshiriladi. Tajriba - hamma narsaning va hamma sohaning asosidir.
Sen bir qiz bilan tanishib to'xtab qolmasliging kerak, ya'ni, boshqa qizlar bilan ham tanishishda davom etishing
kerak. Axir o'ylab ko'r, sen o'sha tanishgan qizing bilan hali hech qanday jiddiy yo'lga kirmadingku, demak
boshqalar bilan ham do'stona tanishish ham zarar qilmaydi.
Quyida o'zim o'ylab topgan 'podxod'larni keltiraman.
'Podxod' degan tushunchanh har kim har xil tushunadi, mening ushbu kitobimda bu so'z shunday izohlanadi:
*Podxod - tanishish usuli.
1-podxod.
Seni yoningda kichkina bloknot va ruchka bo'lsa, shunday qil. Biror sen tanimaydigan chiroyli qiz yoniga borib,
uni qo'liga tutqaz. U savol beradi: Nima?? Sen aytasan: Telefon raqamingni yoz. (Jiddiy va nagliy holatda).
U yozishi mumkin. Agar yo'q desa: Unda manzilingni yoz. Yoki o'zing haqingda yoz. U qiz seni aytganingni
qilmasligi ham mumkin, lekin u seni qilayotgan g'alati ishingdan hayron qoladi. Axir maqsad ham hayron
qoldirish emasmi? U sen haqda o'ylay boshlaydi, sen haqda dugonalaridan so'raydi. Agar u senga nomerini
bermagan bo'lsa ham, keyingi safar ko'rishganda u bilan tanishishga sharoit yaratilgan bo'ladi.
2-podxod.
Biror nima o'ylab top va o'sha notanish qizni fikrini so'ra. Masalan: "-Menga hozir qizlarni fikri zarur,
mening do'stim sevgan qizi bilan urishib qoldi. Qiz juda rashkchi, do'stimni qaysidir qiz bilan ko'rib qolgan,
nima deb o'ylaysan do'stim nima qilishi kerak?". Yoki shunga o'xshash biror holat o'ylab top. Bu bilan nimaga
erishasan, hozir muhokama qilib olamiz:
1) uni e'tibori senga qaratilgan.
2) u qizda hamma qizlar orasidan sen aynan uning fikri bilan qiziqayotganing sabab u qizda ichki hursandchilik
paydo bo'ladi.
3) agar qiz gapchan bo'lsa, aloqa uzoq davom etishi mumkin.
4) so'ngida u bilan tanishib ham olasan.
5) u seni yaxshi do'st bo'la olishingni tushunadi.
Yoki aynan shu yo'lni ikkinchi usuli bor. "-Nima deb o'ylaysan, qizlar ko'p aldaydimi yoki yigitlar?".
Ko'pincha bu savoldan keyin qiz o'z manfaatlarini himoya qilishga tushadi. Yigitlarni yomonlashga tushadi.
Kamdan-kam qizlar o'zini bunda ayblaydi. Suhbat so'nggi tanishuv bilan tugaydi. Yoki boshda boshqa qizdan fikr
so'rab, keyin senga yoqqan notanish qizdan fikrini so'rashing ham mumkin. Bu yaxshiroq ta'sir qiladi. Sen bir
qizga shu savolni berayotganingda u ham shu savol haqda o'ylay boshlaydi. Va menga nega shu savolni bermadi,
men unga yoqmadim shekilli deb ham o'ylaydi. Natijada keyin sen unga yaqinlashganda u bundan hursand bo'ladi.
Unga ham shu savolni ber. Qanday holatda bo'lma, tanishuvning birinchi qismida uning ismini so'rama. Agar
so'rasang sen u bilan qiziqayotganingni bildirib qo'yasan. Bu payt esa u sen bilan qiziqmay qo'yadi. Menga
ko'pincha shunday savol bilan murojaat qilishadi: Qanday qiz bilan tanishish kerak? Qanday qizlar bilan tanishish
osonroq? Ko'pchilik yigitlar chiroyli qizlar bilan aloqaga kirishga harakat qilishadi. Juda chiroyli qizga esa
kam murojaat qilishadi. Chunki ko'pchilikning psixologiyasida shunday tushuncha mavjudki, ular o'zlarini juda
chiroyli qizlarga loyiq deb bilishmaydi. Yoki u juda chiroyli, demak uni yigiti bor. Shu sabab ko'pchilik eng
chiroylisi bilan emas, biroz chiroylirog'i bilan tanishishadi. Natijada, ko'pchilik juda chiroyli qizlarni
yigiti bo'lmaydi. Shuning uchun eng zo'rlari bilan tanishishga harakat qil ;)

3-§. UCHRASHUV. MUNOSABAT VA UNING DAVOM ETISHI.

Qizlarni, nafaqat qizlar balki yigitlar ham, umuman odamzot bitta g'alati xarakterga ega. Aslida o'ziga nima
kerak ekanligini aniq ayta olmaydi, aytsa ham vaqti kelib bu maqsad yo o'zgarib ketadi yo yo'qolib ketadi.
Aynan shu xarakter tufayli munosabatlarda bir temp mavjud: bir tomon do'stona munosabatda bo'lsa, ikkinchisi
sevib qoladi. Yoki birinchisi sevib qolib, ikkinchisini shu yo'l tomon yetaklasa, u iloji boricha o'z
pozitsiyasida, ya'ni do'st bo'lib qolishga iloji boricha harakat qiladi. Kamdan-kam holatlarda ikkala tomon
ham bir xil tempda bo'ladi. Ya'ni:
1) do'st - do'st
2) sevgi - sevgi
Yuqoridagi, aytib o'tilgan tabiat qonunini tushungan bo'lsang kerak. Demak, sen sevgi haqda birinchi gap
ochmasliking kerak. Agar shunday qilsang, o'z ishingni qiyinlashtirasan, u o'zini olib qochaveradi. Qizlar
ko'pincha "do'stlarini" sevib qolishadi. Agar ikkalangiz bu haqda bir xil vaqtda gap ochib qolsangizlar, demak
bu baxtli juftlik.
Tanishding, endi munosabatlarni davom ettirishing kerak. U senga yoqadi. Lekin sen buni
aksini qilishing kerak. Yoqtirishingni, aniqrog'i sevishingni unga bildirma. Aytsang, bu uni sendan
uzoqlashishiga sabab bo'ladi. Aytishning ham o'z vaqti bor. Uni o'zi senga belgi beradi, sen bu belgini,
"signal"ni ushlay olishing va o'z vaqtida harakat qilishing kerak.
Hayotimizda ko'p narsa teskaridek tuyuladi.
Odobli, chiroyli va aqlli qiz qanaqadir ahmoqni sevadi, bunday holatni ham ko'p uchratgansan. O'ylab ko'rganmisan,
nega shunday? Gap shundaki, biz ahmoq deb ataydigan
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 09.10.2014 / 17:54 | O'qilgan: 88269 | Izohlar: (0)
<< 1 2 3 >>
Яндекс.Метрика Statok.net