Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Qizlar Hayolini O'g'irlash Madaniyati
1 2 3 >>
"QIZLAR HAYOLINI O'G'IRLASH MADANIYATI"
(yoki QANDAY QILIB O'ZING XOXLAGAN QIZNI KETINGDAN YUGURTIRISH MUMKIN?)

Nazarbek Nazarov

Sen bu kitobni qiziqib o'qiy boshlagan ekansan, demak, yo kimnidir yoqtirib qolgansan va unda ham
shunday tuyg'u uyg'otmoqchisan yoki "prosta" atrofingdagilar yonida "krutoy" obraz yaratmoqchisan.
Krutoy - ya'ni hammani e'tiborida bo'ladigan, hamma qizlar u bilan bo'lishni xoxlaydigan inson.
Senga anchadan beri bir qiz yoqadi, ammo sen unga nimadir deb unga yoqmay qolishdan qo'rqasan. Yoki
boshqacha holat, sen bir qiz bilan anchadan beri munosabatdasan, ammo bir etapda to'xtab qolgansan,
hech munosabatlarni kuchaytira olmayapsan yo haligacha qizga teginolmaysan, ruxsat bermaydi. Yoki umuman,
sen "zadrot"san, o'zingni omadsiz his qilasan, men qizlarga yoqmayman deb o'ylaysan. Yoki boshqacha muammo...
Xullas, har qanday holatda ham sen o'qiyotgan ushbu kitob senga yordam bera oladi.

KIRISH

Nima deb o'ylaysan, sen qizlarga yoqasanmi? Yo'q?? Adashasan, sen ham ularga yoqasan. Gap ko'rinishingda,
mavqeingda yoki pulda emas. 20 % yigitlar gap pulda deb o'ylashadi. Yana 20 %i obro'-e'tibor, mavqe rol
o'ynaydi deb hisoblashadi. 50 %i esa ko'rinishda, husnda yoki boshqa shunga o'xshash sabablar (kuch, muskullar,
odob) ga bog'liq deb o'ylashadi. Faqatgina 10 %igina gap nimada ekanini, qanday qilib qizlarning e'tiborini
tortishni bilishadi. Agar sen shu kitobni o'qib, undagi ba'zi aytilgan ishlarni bajarsang sen ham shu 10 %
yigitlar qatoriga qo'shilasan. Biz yigitlar, oralarimizda shundaylar borki, ularning xarakteri tabiatan qizlarni
o'ziga jalb eta oladigan bo'ladi. Ba'zilarimiz esa bu xarakterga ega bo'lish uchun ko'p tajriba orttirishimizga
to'g'ri keladi. Ba'zilarimiz vaqti kelib o'zlarimiz buni tushunib olamiz. Ba'zilarimiz umuman tushunmaymiz...
Agar sen qiz bola bo'lsang, bu kitobni yop, bu sen uchun emas. Bilaman, sen buni baribir o'qiysan. Chunki
qizlar aytilganni teskarisini qilib o'rganishgan. Ayb ularda emas, bu tabiat qonuni. Quyida sen minglab yillar
davomida ayollarda, qizlarda shakllangan xarakter va shu asnoda paydo bo'lgan tabiat qonunlari bilan ham
tanishasan. Gapni aylantirib o'tirmayman, demak boshladik...

I-Bob: O'ZINGNI PSIXOLOGIK TARAFDAN TAYYORLA (Nastroyka).

Hammasidan oldin bir narsani kallangga quyib ol: o'zingni sevmasdan turib, kimnidir seni sevib qolishga majburlay
olmaysan. To'g'ri, aytishing mumkin: men unaqa faqat o'zini o'ylaydiganlardan emasman, deb. Sen unday bo'lmasang
ham o'zingni shunday ko'rsat, qizlar aynan shunaqalarni sevib qolishadi. Mening bo'lajak rafiqam doim shunday
deydi: "Siz shunaqangi egoistsizki...lekin sizni sevaman". Gap shundaki, qizlar shunday tabiatga ega: sen uni
ketidan yugurib, sovg'a berib, doim yonida bo'lib yursang u seni hurmat qilmaydi. Sabab, unga sen bilan hech
nimani qizig'i qolmaydi. U tushundi: sen uni sevasan, nima bo'lsayam ketidan yuraverasan. Shunday qilishing
kerakki, u sen bilan qiziqsin, seni ketingdan yugursin yoki o'zi senga uchrashish istagi borligini bildirsin.
Buni qanday qilishni kitobni ohirigacha o'qigach bilib olasan. Aslida biz yigitlar ham har xilmiz. Birimiz bitta
vafodor qiz topib u bilan doim birga bo'lishni istasak, birimiz ularni doim almashtiramiz. Nafaqat bu ikki turga
balki bu ikki tur ham o'z o'rnida yana ikkiga bo'linadi:
1) Vafodorlar: a) vafodor va umrini ohirigacha (odatda bunaqa yigitlar bu qizni tashlasa boshqasini topa
olmaslikdan qo'rqadi);
b) vafodor, lekin to'ygacha - odatda bunaqa yigitlar ko'p narsani to'ydan keyin tushunib yetadi
(yetarli darajada qizlar bilan yurib ulgurmagan), natijada ajrashadi.
Ikkinchi tur yigitlar, tez almashtiruvchilar. Yashirmayman, men ham shu toifaga kiraman, aniqrog'i kirardim,
bir paytlar: a) "babniklar" - ular o'z oldiga aniq maqsad qo'ya olishadi va shu sabab ular omadlidir.
Qizlar o'ziga ishongan yigitlarni yoqtirishadi;
b) babnik ham emas vafodor ham emas, qizlarni nazdida baribir "tez almashtiruvchilar". Aynan
mana shu toifa yigitlarni men qo'llab-quvvatlagan bo'lardim. Ular tushunishadi: shoshib turmush qurmaslikni,
o'z vaqtida qizlar bilan yurib qolish kerak ekanligini. Bunday yigitlar ko'p qizlar bilan aloqada bo'lishadi,
bittasi bilan aloqani uzmasdan turib bittasi bilan yurib ketmaydi, demak babnik emas. O'ziga loyiq qizni topgach,
uni his qilgach, u bilan qoladi. Meni o'zim ham aynan shu toifadanman. Esimda, avvallari bir qizni tashlab ketib
o'zim ancha vaqt qiynalib yurganman. O'ylardim, bo'ldi keyingisini tashlab ketmiman, zeriksam ham chidayman. Ammo
bu davom etaverardi. Ancha vaqtgacha qaysidir qizni kelishtirish uchun harakat qilib yurib, ohiri, marraga
yetganda, u meni sevib qolganda tashlab ketardim. Bu menda g'alati odat bo'lib takrorlanaverdi. Aslida bu
normal'no ekanligini keyin tushundim.
Men bu damlarni qo'shtirnoq ichida "bolalik damlarim" deb atayman.
Sen psixologiyani mendan yaxshi bilishing mumkin, lekin uni menchalik ishlata olmaysan. A'lo baholarga o'qish
bilan, aqlli bo'lish ikkalasi bir narsa emas. Psixologiya ham shunday, uni yaxshi biladi degani, undan "qurol"
sifatida foydalana oladi degani emas. Tushungan bo'lsang kerak, birinchi bo'lim bekorga psixologiya haqda emas.
Gap shundaki, ko'pchilik yigitlar notanish qiz yoniga borib u bilan tanishishdan ochiq ma'noda "qo'rqadi".
Ba'zilar esa buni andisha deydi. Uyalish kerakmas, o'g'il bola!!

2-§. TANISHUV.

Ko'pchilikning "qo'rquvi" o'rinli, agar men uni yoniga borib tanishishni taklif qilsam, meni rad etsachi?
Yoki masxara qilsachi? Ko'pchilik shu savol bilan murojaat qiladi. Hech qachon, hech bir vaziyatda "siz
bilan tanishsam bo'ladimi?" dema. U bunday holatda seni rad etishi tayin. O'ylab ko'r, agar u seni masxara
qilib yoki yerga urib sen rad etsa ham senda bu muloqotdan g'olib sifatida ketishingning ham yo'li bor.
Masalan, bording, gap otding, u seni rad etdi (qattiqga borsa so'kinadi ham), lekin sen o'shanda yuz
tuzilishingni shunday o'zgartirginki, go'yoki u qanaqadir "otvratitel'niy" gap aytganday. Ya'ni sen "fuu"
dimoqchi bo'lsang shunday qil. Va shunday de: "Shoshma, men hali qaytaman". Boshingni tek tutginda u yerdan
ket. Sen hatto qaytmagan taqdiringda ham sen bu yerdan boshingni baland tutgan holda ketding. Yana bir
maslaxat: hech qachon "siz" deb murojaat qilma! To'g'ri, bu hurmat yuzasidan, ammo, bu bilan o'z ishingni
qiyinlashtirasan holos. "Siz" - notanishlik belgisi, bu bilan orada ko'p masofa saqlaysan. Qiz bilan tez
yaqinlashish uchun uni sizlama va hech qachon "kechirasiz", "kechirasan" kabi so'zlarni ishlatma. Ko'pchchilik
tanishish maqsadida "kechirasiz, yaxshi qiz" deb gap boshlaydi. Bu xato! Xo'sh, nimalar qilmaslikni tushunib
olgan bo'lsang, endi nimalar qilish kerakliging haqda gaplashib olsak. Sen agar qizlar bilan muomalada omadli
insonlardan bunga qanday erishishi haqida so'rasang, ular shunday deydi:
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 09.10.2014 / 17:54 | O'qilgan: 88505 | Izohlar: (0)
1 2 3 >>
Яндекс.Метрика Statok.net