Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Qizlarni rom qilish
Salom! Bu yana yana va yana MuhiddinBEK..! Ko'pchilik talab va istaklarni inobatga olib ushbu maqolani yozishga qaror qildim.! Har bir yigit o’zi istagan qarama-qarshi jins vakiliga yoqishni istaydi. Odatda yigitlar sevib qolganda o’zlarini aqlli tutishga harakat qiladi, qizlar esa buning aksi – ahmoq ko’rinishni hohlab qolishadi. Yigitlar shu yo’l bilan uni ko’nglidan joy olishni istaydi. Shu sababdan bo’lsa kerak, bizning saytimizga ham va boshqa ijtimoiy tarmqolardagi (Facebook., Odnoklassniki.) profillarimizga shu mavzudagi savollar va takliflar juda ko’plab keladi. Ya’ni qizlarning ko’ngliga yo’l toppish yo’llari, ularga yoqishning sirlari haqida bilishni istashadi. Bugun esa biz sizlarga shu talab va so’rovlarni inobatga olib aynan shu mavzuda suhbatlashishga ahd qildik. Maslahatlar: 1 Tabassumning kuchi. Siz uchun qadrli bo’lgan qizni ko’rganingizda albatta tabassum qiling. Yuzingizdagi tabassum, sizni hotirjam va yoqimli inson qilib ko’rsatadi. Undan keyin bu tabassum orqali "Tosh yurak” qizlarni ham bir oz eritish mumkin. Tabassumingiz – o’sha qizga nisbatan ijobiy fikrdaligingizni bildiradi. 2 Tartibli kiyinish. Kiygan kiyimingiz o’zingizga yarashgan va tartibli bo’lishi kerak. Dazmollangan ko’ylak va shimda siz yanada xushbichim ko’rinasiz. Yana bir muhim narsa – sizning oyoq kiyimingiz. Uning qandayligi ayol uchun juda muhim, shuning uchun oyoq kiyimingiz doimo toza, zamonaviy va tartibli bo’lishi lozim. 3 Jismoniy ko’rinish. Sog’lom ko’rinish ayollarning diqqatini tortadi. Siz lapshaygan va shalpaygan holda u qizni oldida tursangiz, bu degani siz u qizni yo’qotdingiz. Gavdangizni tik tuting. Boshingizni ko’taring, yelkangiz bukchaymasin. Chiroyli qaddi-qomat – ayollar qalbiga bo’lgan yo’llardan biri. 4 O’zingizni aqqli ko’rsating. Ayollar aqlli va dono yigitlarni hurmat qilishadi va qadrlaydi. Uni oldida har sohada o’tkir ekanligingizni namoyon qila oling. Uning bergan savollariga donolik bilan javob qaytaring. 5 Yaxshi suhbatdosh bo’ling. Har qanday mavzuda suhbatlashib keta olish qobiliyatingizni rivojlantiring. Muhokama qilinayotgan mavzuga eng yaxshi fikrni siz bering. Qizlar har sohada faol yigitlarni yoqtirishadi. Buning uchun nima qilish kerak? Atrofdagi yangiliklarga qiziqing, ularni kuzating, ko’proq kitob o’qing. 6 Hech kimga o’xshamang. Ya’ni birovlarga taqlid qilmang. Siz boshqalarga o’xshamaganligingiz uchun ham sizga qiziqsin. 7 O’z o’rnida jiddiy bo’ling. Qizlarga har narsaga va har gapga tirjayaveradigan yigitlar umuman yoqmaydi. Qiz bolaga faqat uning atrofida bo’layotgan, unda boshqa qizga bir og’iz gapirmaydigan va nazar tashlamaydigan yigitlar yoqadi. 8 Kompliment qiling. Qizbola maqtovni suyadi. Uning tashqi ko’rinishidagi kichik bir o’zgarishni ham shundoq o’tkazib yubormang. Albatta kompliment qiling, xatto may-chuyda narsalariga ham e’tiborli bo’ling. "Bugungi soch turmagingiz sizga juda yarashibdi. Ko’ylagingizni rangini aytmasam ham bo’ladi. Juda ham go’zalsiz bugun.” Bu gapingizga qiz bola e’tiroz bildirsa ham, ich-ichidan juda suyunadi. 9 Syurprizlar qiling. Unga kutmaganda kutilmagan sovg’alar qilib turing. U katta sovg’a bo’lishi shart emas. Asosiysi sovg’a – bu e’tibor berayotganingizdan darak beradi. 10 Dadil bo’ling! Qizlar mujimal, bir gapini eplab aytolmaydigan yigitlarni umuman yoqtirmaydi. Ular dadil, o’z gaplariga ishonch bilan gapiradigan va sevgisini ham cho’zib yurmasdan shartta aytadigan yigitlarni xurmat qiladi. 11 Maqtanchoq bo'lmang. Kamtar bo'ling, boyligingiz bilan maqtanmang. Eng asosiysi to'gri so'z bo'ling. Yaxshilab harakat qilsangiz har qanday ko'ngil qulfiga kalit topasiz. Hurmat ila MuhiddinBEK

Manba: ajoyib.com
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: sword | Vaqti: 08.10.2014 / 21:21 | O'qilgan: 4042 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net