Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Hayotingizda bir marta bo'lsa ham sevgan insonizdan hafa bo'lganmisiz?
Hayotingizda bir marta bo'lsa ham sevgan insoningizdan xafa bo'lganmisiz?Bunday paytda dunyo ko'zingizga qorong'u ko'rinib, o'zingizni atrofdagilarga kerak emasdek his qilasiz, go'yo hech kim sizga yordam berolmaydigandek. Aslida-chi? Xafalikni tezroq unutib, vaziyatni boricha qabul qilish kerakmikan?Balki ziddiyatning asl sababi xafa bo'lishga arzimasdir. Bu erkak va ayolning o'rtasida tez-tez uchraydigan holat. Odatda biz mayda va arzimas sabablarni katta fojiaga aylantirishga moyilmiz va hech nimada aybi yo'q insondan ranjib yurishga odatlanganmiz. Keling shu xafagarchiliklarni bir chetga surib xafagarchilikdan qutilish usullarini bir ko'rib chiqaylik. 1-usul Ranjish, alam, pushaymonlikdan bir umrga qutulmoqchi bo'lsangiz, alamingizni birovdan olishga urinmang.Bir narsani yodda tuting: hech kim sizdan qarzdor emas! 2-usul Hissiyotlarni yig'ishtirgan holda, vaziyatni tahlil qilamiz. Qarabsizki, aybdan holi harakatlar qoladi, xolos.Ularga vaqt ketkazib, xafa bo'lishning keragi yo'q. 3-usul Sizga tosh otganda paxta oting.Buning ma'nosi, jaxl otida sizga o'shqirayotgan insonga yumshoq muomala qiling, shunda u tezroq tinchlanadi va qilgan ishidan pushaymon bo'ladi. 4-usul Tanqiddan qutulmoqchimisiz-hech nima qilmang, hech narsa demang, hech kim bo'lmang! 5-usul Sizni xafa qilishganlarni kichkina bolalar deb tasavvur qiling.Ular shunchaki jaxlingizni chiqarishmoqchi,xolos.Axir ular bilan teng bo'lmaysiz-ku. 6-usul Xafagarchilikka kelajak nazari bilan qarang.Besh yil o'tib, xuddi shu vaziyatda ranjigan bo'lasizmi?Shu paytgacha qancha dil og'riqlarini eslay olasiz o'zi? 7-usul Keyingi safar xafa bo'lishdan avval "shu harakatim nima natija berarkan" deb o'ylang.Hayajonlanganingiz bilan muammo hal bo'lib qoladimi? Xafagarchilikning yomon oqibatlari: Ranjishlar yig'ilib boraverishi yaxshilikka olib kelmaydi. "Hammadan ranjigan odam" boshqalarga qaraganda tezroq asabiylashadi, bu esa salomatligiga ta'sir etmay qolmaydi. MASLAHAT: katta dalaga chiqib, ovozingiz boricha baqiring.Bu mashg'ulot ranjish bilan birga asabiylik holatini ham biroz yo'qotadi. Nima bo'lganda ham, ranjishni o'zingizdan uzoqroqqa xaydang. Uning qalbingizga in qurishiga aslo imkoniyat bermang.Yuragingizda doimo gullar ifor taratib tursin!
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: sword | Vaqti: 23.09.2014 / 11:08 | O'qilgan: 1037 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net