Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Saytni mashxur qilish yo'llari
Sizning shaxsiy saytingiz mavjud
va siz bu saytingizni mashxur
qilmoqchisiz,lekin buni qanday
amalga oshirishni bilmayapsizmi?
Bu maqola sizga yordam beradi
Dastlab saytingiz quyidagi
shartlarga to'g'ri kelishi kerak:
- Saytingiz o'z yo'nalishiga ega
bo'lishi kerak
- Saytingizdagi texnik
kamchiliklarni bartaraf etishingiz
lozim
- Saytingizda odamni o'ziga
tortadigan fayl va ma'lumotlar
bo'lishi kerak
- Yangiliklar ko'p qo'shishingiz
lozim
Saytingiz yuqoridagi talablarga
javob bersa darsni boshladik
Saytni mashxur qilishni ikki usuli
mavjud bular bepul va pul
orqali .Hozircha bepul
mashxurlikga erishish haqida
gaplashamiz
Bepul mashxur qilish yo'llari:
1.Top reytinglar orqali
2.Klik klublar
3.Kataloglar yordamida
4.Reklama tarqatish
5.Fayllar orqali
6.Reklama almashish
7.Banner setlar
Top Reytinglar orqali mashxur
qilish uchun juda ko'p top reyting
saytlardan ro'yxatdan o'ting va
bannerlarini joylang, bunda har bir
top reyting sizning saytingizga
ma'lum miqdorda host taqdim
etadi, lekin ko'p banner o'rnatilgan
sahifa og'irlashadi bu esa sayt
mehmonlariga yoqmaydi
Klik Klublar - bunday saytlar ham
saytingiz mashxur bo'lishiga hissa
qo'shishadi.Buning uchun
ro'yxatdan o'tib o'z saytingizni
kiritib,aktivlab qo'yasiz va pul
ishlamoqchi bo'lgan 'klikchilar'
sizning saytingizga ham
kirishadi.Agar ularga saytingiz
yoqsa ular albatta yana qaytib
kelishadi
Kataloglar - bular sayt haqida
ma'lumot beruvchi axborotnoma
saytlardir. Siz saytingizni mashxur
katalog saytlarga kiriting va bu
axborntnomadan
foydalanuvchilar sizga mehmonga
kelishadi
Reklama tarqatish - bu usul uncha
foyda keltirmaydigan usullardan
biri. Bunda siz saytingizni turli
mashxur saytlarda, masalan
odnoklassniki, forum, chat,
tanishuv va boshqa saytlarda
reklama qilib chiqasiz
Fayllar orqali - bunda turli
fayllarga saytingiz nomini yoki
saytingiz haqida ma'lumotlar
kiritib tarqatasiz, masalan musiqa,
rasm, temalar va boshqa turdagi
fayllar
Reklama almashuv - bu juda
foydali yo'llardan biri. Kunlik
mehmonlar soni va yo'nalishi
sizning saytga to'g'ri keluvchi
saytlar bilan bepul reklama
almashish. Bu orqali saytingizni
tanuvchilar ko'payadi hamda
saytingizni qidiruv tizimlaridagi
mavqei oshadi
Banner almashuv - banner setlarga
o'z banneringizni joylaysiz va bu
bannerni boshqa foydalanuvchilar
ko'ra olishlarini taminlaysiz. Bu
usuldagi sizning yagona qurolingiz
banneringiz bo'lib, banneringizni
chiroyli, qiziqarli yaratishga
harakat qiling
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: AlViN | Vaqti: 02.09.2014 / 16:38 | O'qilgan: 1347 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net