Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
RGB haqida
RGB rang sxemasidan tashqari CMYK, HLS va boshqalar ham bor. CMYK ko'proq tipografiyada ishlatiladi.
RGB da 3 la rang (qizil, yashil va ko'k) 0 dan 255 gacha miqdorda bulishi mumkin. Nafaqat html da , balki umuman komp ekranidagi hamma nuqtalar rgb asosida ifodalanadi. HTML da rgb rang 16 lik sanoq sistemasida beriladi.
Ho'sh 16 lik sanoq sistemasi nima?
Biz kundalik hayotda ishlatadigan sistema 10 lik sanoq sistemasidir. Ya'ni, faqat 0 dan 9 gacha raqamlar bor, ihtiyoriy son shu raqamlar yordamida hosil qilinadi. 16 lik sistemada esa 10 ta raqam emas, 16 ta raqam buladi. Faqat 9 dan katta raqamlar o'rniga A dan F gacha bo'lgan harflardan foydalanamiz. 10 lik sistemada:
00 01 02 03 .. 09 10 11 12 13 14 15 16 17
16 likda:
00 01 02 03 .. 09 0A 0B 0C 0D 0E 0F 10 11 12 ..

10 lik sanoq sistemasidagi sonni 16 likka utkazish. Masalan 218 soni 16 likka quyidagicha utkaziladi.
218/16 = 13 (qoldiq 10)
13 raqami 16 likda D ga to'g'ri keladi. 10 esa A ga. Demak 218 ni 16 likdagi kurinishi : DA bo'ladi.
Yoki 185 soni:
185/16 = 11 (qoldiq 9).
Natija: B9.

Demak 10 lik s/sistemasidagi sonni 16 lik s/sistemasiga utkazish uchun usha son 16 taga ketma-ket bo'lib boriladi (16 dan kichik natija hosil bo'lgunga qadar) va har bir bo'lishdan keyingi qoldiq yozib boriladi. Oxiridagi natija va qoldiqlar teskari yo'nalishda yozilsa shu usha sonni 16 likdagi kurinishi bo'ladi. Yana bir misol: 758
758/16 = 47 (qoldiq 6)
natija (ya'ni 47) 16 dan kichik emas, shuning uchun yana bo'lishda davom etamiz (chunki bizda faqat 15 ta raqam bor xolos - 0, 1, 2, .., E, F gacha)
47/16 = 2 (qoldiq 15)
ana endi natija 16 dan kichik, sonni 16 lik kurinishini yozishimiz mumkin: 2F6
2- bu oxirgi natija, F (15) va 6 esa qoldiqlar.
758 = 2F6 (16 likda).

16 likdan 10 likka utkazish ham oddiy:
2F6 = 2*(16^2)+15*(16^1)+6*(16^0) = 758
(^ - darajaga kutarish belgisi).
1A02 = 1*(16^3)+10*(16^2)+0*(16^1)+2*(16^0) = 6658

16 likdan tashqari 2 lik sistema ham kup kerak bo'ladi. Bunda ham 2 likdan 10 likka utkazish yoki aksi yuqoridagi kabi amalga oshiriladi. Faqat 2 likda 2 ta raqam buladi xolos (0 va 1)
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 27.07.2014 / 22:31 | O'qilgan: 2253 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net