Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Jizzax vohasi qadamjolari
Ona diyorimiz – O’zbekiston tarixi, shu zaminda yashab o’tgan buyuk ajdodlarimiz qoldirgan juda katta tarixiy meros bilan har qancha faxrlanishga arzigulikdir. Jizzax vohasi ham ana shu buyuk tarix shodasida avlodlar ardog’iga munosib madaniy manzillari, bebaho tarixiy maskanlari bilan eng munosib o’ringa daxldor. Jizzax tarixining eng qadimgi sahifalari haqida gap ketganida, albatta, jahon tarixiga daxldor sanalmish “Sayxonsoy qoyatoshlari”dagi suratlarni (4,5 ming yil avval), eng qadimgi odamlar yashaganligi taxmin etilayotgan “Peshag’or g’ori” madaniy qatlamlarini, ikki ming – ikki yarim ming yillik tarixga ega “Mozorsoy yodgorliklari”ni, “Jomonjar er osti ehromlari”ni, qadimgi manbalarda tilga olingan “Gaza, Xarakana, Zomin, Sobot, Miq, Marsmanda, undanda qadimgiroq bo’lmish Xitoy solnomalarida tilga olingan “Yecha shahri” qoldiqlari bo’lmish qadimgi qal’alar va shaharlar o’rinlarini faxr bilan tilga olamiz. Bundan ming yillar burun bobolarimiz o’z zamonasida butun O’rta Osiyoda eng qadimgi va eng mahobatli irrigatstiya inshooti sanalmish “Band to’g’oni”ni juda katta mahorat bilan bunyod etishganlari kishini lol qoldiradi. Bu hududda yashagan el-nufus tomonidan ming yillardan beri aziz tutib kelingan “Temir darboza”, “Sa’d ibn Abu Vaqqos”, “Parpiota”, “Xo’jamushkent ota”, “Novqa ota”, “Usmat ota”, “Said Mir Xalililloh ota”, “Xo’ja bog’bon ota” kabi ko’plab mo’ta’bar ziyorat manzillari va qadamjolari borki, bugungi mustaqillik yillari sharofati bilan yanada obod yurtimiz saodatiga shukuh bag’ishlab turibdi. O’zbekiston Respublikasining “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida”gi Qonuning ijrosini ta’minlash hamda viloyat hududidagi tarixiy, madaniy va me’yoriy yodgorliklarni asrab- avaylash, ularni kelajak avlodga etkazish choralarini ko’rish va yodgorliklarning davlat muhofazasini ta’minlash maqsadida qator tadbiriy choralar ko’rilmoqda. 2008 yilning 10 iyun xolatiga Jizzax viloyati hududida jami 372 ta madaniy meros ob’ektlari, shundan 42 ta tarixiy obida va muqaddas ziyoratgohlar, 267 ta arxeologik manzilgohlar, 63 ta monumental yodgorliklar (haykallar, byustlar, xotira maydonlari) “Davlat muhofazasi ro’yxatlari”ga kiritilgan. Har bir yurtning o’z tabarruk maskanlari, bosh uzra tutgan muqaddas ziyoratgohlari bo’lgani kabi Jizzax vohasining ham mo’’tabar ziyoratgohlari bor. Qadimist va o’rta asrlarda bunyod etilgan me’moriy yodgorliklar bizgacha etib kelmagan. O’rta asrlarga oid ko’pgina qal’a-qo’rg’on va karvonsaroylar tepa va qo’rg’on (Ko’ltepa, Oqtepa, Rabot, Qo’rg’ontepa, Xonimqo’rg’on, Kaliyatepa) kabi nomlar bilan ataladi. Bularning soni 100 dan ortiq. Jizzax va G’allaorol tumanlari hududidagi Takalisoydagi qoyatoshlarda ibtidoiy chorvachilik, ovchilik davriga oid mingdan ortiq rasm, Baxmal, G’allaorol, Jizzax tumanlarida juda ko’p er osti yo’llari saklangan. 1956 yilda Baxmal tumani hududidan Budda ibodatxonasi qoldig’i topilgan. Parpiota, Malik Girkushoq, Avliyoi Serob, Nuriddin masjidlarining qoldiqlari saklangan. Forish tumanida qadimist «Band» to’g’oni qoldig’i hozir ham mavjud. Jizzax tumanida Uzunota qabri bor. Bu erda sohibqiron Amir Temur 1404 yil.dekabrning so’nggi kunida bir kecha tunagan. Jizzax ruslar tomonidan bosib olingandan so’ng rus harbiy ishboshilari nazoratida mahalliy aholi kuchi bilan barpo etilgan bir qancha imoratlar (uezd hokimi binosi, rus askarlari qarorgohi, qamoqxona, cherkov) saqlanib qolgan.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 24.07.2014 / 15:47 | O'qilgan: 2246 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net