Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Ona shahrim - Jizzaxim
1 2 3 >>
Jizzax viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973 y. 28 dek.da tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, jan.gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, jan.-sharqda Tojikiston Respublikasi b-n chegaradosh. Mayd. 21,1 ming km2. Aholisi 991 ming kishi (2001). J. v.da 12 qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Yangiobod, Forish, Gʻallaorol), 7 shahar (Gagarin, Dashtobod, Doʻstlik, Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, Gʻallaorol), 8 shaharcha (Boʻston, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Oʻsmat, Uchquloch, Yangiqishloq, Qoʻytosh), 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2001). Markazi — Jizzax sh. (J. v. tumanlari haqida tegishli maqolalarga q.)Tabiati. Relyefi togʻlik, qir va tekisliklardan iborat. Jan. qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gʻarbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shim., shim.- gʻarbi va sharqiy qismi (Mirzachoʻl va Qizilqum choʻlining jan.-sharqi) tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —G dan —4° gacha, iyulniki 28°. Togʻ oldilarida iqlim choʻl va dashtlarga nisbatan yumshoq. Yillik yogʻin viloyat jan.da 400 —500 mm, shim. da 250— 300 mm. Vegetatsiya davri 210— 240 kun. Yillik quyoshli kunlar 2800—3000 soat. Eng yirik daryolari — Sangzor, Zominsuv. Togʻlardan oqib tushuvchi soy koʻp. Ekinlarni sugʻorish uchun Tuyatortar kanali, 1- va 2-Jan. Mirzachoʻl kanallari, Jizzax, Zomin, Qorovultepa suv omborlari qurilgan. 2001 y.da Arnasoy suv ombori qurila boshlandi. Arnasoy, Aydarkoʻl va Tuzkon koʻllaridan baliqchilikda foydalaniladi. Togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi jiyda, archa, bodom, yongʻoq, naʼmatak, zira, rovoch, zirk kabilar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan oq tirnoqli ayiq, chiyaboʻri, tulki, quyon, qobon, boʻrsiq, jayra uchraydi; burgut, lochin, qora turna, bulduruq, tuvaloq, tustovuq, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak, kaklik kabi qushlarning 150 dan ortiq turi mavjud. Viloyatda Zomin milliy bogʻi, Zomin va Nurota davlat quriqxonalari tashkil qilingan. Tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqor boʻlgan shifobaxsh mineral suvlar bor. Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl tumanlarida balneologik sanatoriylar faoliyat koʻrsatadi. Sulfatxlorid natriyli Chimqoʻrgʻon balchigʻidan fizioterapiya va davolash profilaktika muassasalarida foydalaniladi. Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram, qoʻrgʻoshin, rux, temir, molibden, marmar, vollastonit, bazalt, granit, korund, ohak bor. Aholisi 1 km2 ga 46,9 kishi toʻgʻri keladi (2001). Aholining koʻpchiligi oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, turk, ukrain, nemis, fors, arman va b. Jami 70 dan ortiq millat vakili yashaydi. Shaharliklar 30%, qishloq aholisi 70% ni tashkil etadi. Xoʻjaligi. J. v. respublika i. ch.da va madaniy taraqqiyotida salmoqli oʻrin tutadi. Xususan, paxta, gʻalla, sabzavot, meva, chorva mahsulotlari yetishtiriladi. Bogʻdorchilikni rivojlantirishga eʼtibor berilmoqda. Qurilish materiallari, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqaradigan korxonalar salmogʻi oshdi. Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2,5 mlrd. soʻmdan ziyod kredit mablagʻlari ajratildi. Faoliyat koʻrsatayotgan 9400 ga yaqin xoʻjalik subʼyektlarining qariyb 8300 tasi nodavlat xoʻjaliklaridir. Sanoati . Hoz. J. v. qadimdan Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi bu xududda savdo madaniyatining tez rivojlanishiga taʼsir etdi. Ilk oʻrta asrlarda jahon bozorida Jizzaxda jun va teridan tayyorlangan mahsulotlarga talab katta boʻlgan. 8—9- a.larda kulollik, zargarlik, aravasozlik kabi mahallalarining mavjudligi milliy hunarmandchilikning oʻsha davrlarda rivojlanganligidan darak beradi. Viloyatdagi i. ch. sanoat tarmoqlarini hududiy jihatdan Jizzax, Gʻalla-orol, Dashtobod, Doʻstlik sh.laridagi sanoat tarmoqlariga ajratish mumkin. Bular foydali qazilmalarni qazib chiqarish, paxtachilik va irrigatsiya b-n bogʻliq boʻlgan tarmoqlar, paxtani qayta ishlash, elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari i. ch., kimyo, yengil sanoat (ip yigiruv, paypoq toʻqish, ustki trikotaj f-kalari), oziq-ovqat sanoatidir. Viloyatda qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaruvchi korxonalarning salmogʻi sezilarli. Shulardan Dashtobod qurilish materiallari, Zomin oniks, Baxmal marmar, gʻisht z-dlari, Dashtobod, Doʻstlik un k-tlari, Jizzax mebel f-kasi ishlab turibdi. J. v.da konchilik tarmogʻi ham rivojlangan. Marjon buloq oltin koni, Qoʻytoshdagi ohak, vollastonit, volfram, Koʻtarmada ohak, Uchqulochda qoʻrgʻoshin konlari faoliyat koʻrsatmoqda. 1991 — 2001 y.lar davomida J. v.da jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Viloyatda qoʻshma, kichik va xususiy korxonalar mavjud. Qoʻshma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining salmogʻi tobora ortib bormoqda. "Jibri" (Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya) qoʻshma korxonasi yiliga 50 ming t chigitni qayta ishlab oʻsimlik yogʻi ishlab chiqaradi, "Kumush tola" (Oʻzbekiston— Tojikiston) qoʻshma korxonasi yiliga 80 t dan ziyod ipak tolasini tayyorlaydi, "Paxta interneyshnl" (Oʻzbekiston— Suriya) qoʻshma korxonasi yiliga 10 ming t lintdan sellyuloza i. ch. quvvatiga ega, "Baxmalsharob" (Oʻzbekiston —Polsha) qoʻshma korxonasida mineral suvi qadoqlanadi. Shuningdek, paxta tolasidan eshilgan ip tayyorlovchi "Irjartekstil" (Oʻzbekiston— Pokiston), yogʻ-moy va sovun ishlab chiqaruvchi "Madina" (Oʻzbekiston—Xitoy) , "Jizzax— Telekom" (Oʻzbekiston — Indoneziya), Qoʻytosh shaharchasida "Vollastonit" i. ch. sexi (Oʻzbekiston— Rossiya), sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Vostok LTD", "Belogorsk" qoʻshma korxonalarining hissasi sezilarlidir. Yiliga 1 mln. dona akkumulyator tayyorlovchi "Oʻzeksayd" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi (2002). "Zilolateks" aksiyadorlik jamiyatida 250 t nitron matosi i. ch. quvvati ishga tushirildi. Qishloq xoʻjaligi. Viloyat q. x.ning asosiy tarmogʻi — paxtachilik. Paxta ekini maydoni viloyatdagi sugʻoriladigan yer maydonining asosiy qismi (110 ming ga)ni tashkil etadi. Viloyatning 12 tumanidan 10 tasida paxta ekiladi. 1994 y.dan J. v.da gʻalla ekiladigan maydon keskin oshirildi. 2000 y.da 317,7 ming t gʻalla tayyorlandi. Gʻallachilikni rivojlantirish uchun tabiiy sharoitlar va b. imkoniyatlar mavjud, Viloyat q. x.da pillachilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Joylarda yiliga 440— 480 t pilla yetishtirish imkonini beradigan tabiiy resurslar yaratildi. Q. x.da kartoshka, poliz, sabzavot, uzum, hoʻl meva yetishtirish b-n ham shugʻullaniladi. Bir yilda 25— 30 ming t kartoshka yetishtiriladi. Poliz va sabzavotdan yiliga oʻrtacha 70 ming t dan hosil olinadi. J. v.da 9,4 ming ga dan ortiq, maydon mevali bogʻ (olma, behi, shaftoli, oʻrik, olcha, gilos, anor), 7,9 ming ga tokzor, 2,4 ming ga tutzor, 410 ga koʻchatzor. 78,7 ming ga yer qoʻriqxonaga aylantirilgan. Q. x.da foydalaniladigan yerlar 1241,4 ming ga, shu jumladan haydaladigan yerlar 478,5 ming ga, shundan sugʻoriladigan
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 24.07.2014 / 15:46 | O'qilgan: 2371 | Izohlar: (0)
1 2 3 >>
Яндекс.Метрика Statok.net