Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Bola qusganda birinchi yordam
Sababi:
Yuqumli kasalliklarda,tana harorati ko'tarilganda, qorin dam bo'lganda oshqozon ichak yo'li kasalliklarida kuzatiladi.
Belgisi:
Bolani qorni dam bo'lib,bezovta bo'ladi, qusish holati kuzatiladi.
YORDAM KO'RSATISH.
1) Ko'krak yoshidagi bola qusganda,qusuq massasi yuqori nafas yo'llariga tushmasligi uchun bolani boshini yon tomonga burish zarur. Kattaroq yoshli bolalar qusganda bola o'tirg'izib qo'yiladi.
2) Bolani boshini sal oldinga engashtirib,peshanasi-dan ushlab turiladi.
3) Bola qusib bo'lgandan keyin og'zini chayib tashlash uchun iliq suv beriladi.
4) Emadigan bolalarga esa bir necha qoshiq iliq qaynatilgan suv ichirib yuboriladi.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 21.07.2014 / 23:28 | O'qilgan: 5285 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net