Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
LiL GanGsTa - Odamlar orasida
Ko'p gapirishni epladik esdan chiqdi eshitish,
Pul ketidan quvladik qilmadik bir yahshilik.
Yahshi ko'rishni bilmadik bildik xasad qilishni,
Shirin jonni saqladik yashashni eplolmadik.
Rejalarimiz bisyor amal qilganimiz yo'q,
Kutish kerak bo'lgan joyda qildik ko'p besabrlik.
Qo'shnimizning qorni ochu bizningcha qornimiz to'q,
Jonimizga yil qo'shildi yillarga jon berolmadik.
Sevaman deb ko'p aytdik lekin his qilolmadik,
Hayot bir jumboq edi biz uni yecholmadik.
Raqamlarga o'ynadik toza sifat qolmadi,
99 centimiz 1 $ bo'lolmadi.
Eng katta dushmanimiz faqat o'zimiz bo'ldik,
Eng yaqin do'stimizni arzon narxga sotvordik.
Kech o'tgan kunimizni armon bilan eslasak,
Ertangi kunimiz uchun tayyor emasmiz demak.
Yiqilib ko'tarilgan insonni tan olmaymiz,
O'zimiz ham yiqildik ko'tarila olmadik.
Umidlar yo'qolganda do'stimiz qo'lin cho'zdi,
Uning bizga ishi tushsa bahonalar tug'ildi.
Xato ko'payaverdi aybni Shaytonga to'nkab,
Hatto shayton ham ketdi yoqalarini tuflab.
Orzular ko'paydi lekin aniq maqsadimiz yo'q,
Maqsadimiz bo'lsa ham haqiqatlardan yiroq.
Bu hayot imkoniyat undan to'g'ri foydalan,
Hayotimiz go'zallik zavqlan, rohatlan.
Bu hayot orzu uni ro'yobga chiqar,
Hali hayotmiz do'stim har daqiqa g'animat.
Bu hayot salomatlik ehtiyot qil, avayla,
Hayotimiz bir o'yin faqat g'irrom o'ynama.
Bu hayot muhabbat unga nima berolding,
Hali hayotmiz do'stim jamla diqqat hayoling...!
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 04.03.2014 / 14:28 | O'qilgan: 1364 | Izohlar: (0)
Яндекс.Метрика Statok.net