Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Atirgulning tikoni...
<< 1 ... 3 4 5
kuni xotinining
chiqishiga xonani sal sarishta qilib qoʻymoqchi boʻldi,
shunda poʻstinining etagida qotib qolgan qon
dogʻlarini koʻrdi. Safar xaltasidan xushboʻy sovun
olib, dogʻlarni yuvishga kirishdi. Qariyb kechgacha shu
ish bilan mashgʻul boʻldi. Axiyri poʻstinni Madrid
aeroportida samolyotga olib chiqilgan holatga keltirdi.
Seshanba tongi otdi. Osmonni bulut qoplagan, lekin
havo quruq edi. Billi Sanches soat oltida sapchib turib,
kasalxona darvozasi oldida katta-kichik tugun va
guldastalar koʻtarib turgan odamlar safiga qoʻshildi.
Keyin hamma bilan birga usti berk keng-moʻl hovliga
kirdi. Bu yerda gullar qiygʻos ochilib, qushlar sayrab
turardi. Nena Dakontening qaerdaligini bilmasa ham,
bu gal negrga oʻxshagan doʻxtirni uchratishiga
ishonchi komil edi. Hovlining ikki tomonida uzun-uzun
ikkita bino, chap tomondagisi – ayollar boʻlimi,
oʻngdagisi – erkaklarniki. Billi Sanches olomonga
ergashib ayollar boʻlimiga kirdi. Yep-yorugʻ yoʻlakdagi
uzun-qisqa kursilarda kasalxona libosini kiygan
bemorlar oʻtirishardi. U yoʻlakning oxirigacha borib,
iziga qaytdi. Bularning orasida Nena Dakonte yoʻq edi.
Keyin hovliga chiqib, erkaklar boʻlimi tomon
derazalarga qarab-qarab ketaverdi. Nihoyat, qidirgan
odamini koʻrib qoldi.
Ha, bu rostdan ham oʻsha doʻxtir edi. U boshqa
doʻxtir va hamshiralar bilan birga bemorni koʻzdan
kechirayotgan edi. Billi Sanches otilib ichkariga kirdi,
bir hamshirani chetga surib, bemorning ustiga
engashib turgan haligi doʻxtirning roʻparasiga keldi,
nima deb chaqirishni bilmay, beoʻxshov yoʻtaldi.
Doʻxtir boshini koʻtarib, qoshlarini chimirdi, saldan
keyin Billi Sanchesni esladi.
– Asta’furullo! – dedi u. – Qaysi goʻrda yuribsiz? Billi
Sanches dovdirab qoldi.
– Mehmonxonada, – deb javob qildi bazoʻr. – Narigi
muyulishda. Shundan keyin hammasi ravshan boʻldi.
Frantsiyadagi eng yetuk mutaxassislarning yetmish
soat davomida qilgan sa’y-harakatlari zoe ketdi – 9
yanvar, payshanba kuni kech soat 7.10 da koʻp qon
yoʻqotish oqibatida Nena Dakonte olamdan oʻtdi.
Soʻnggi daqiqalargacha es-hushidan ayrilmadi, erini
«Plaza Atene« mehmonxonasidan qidirish kerakligini,
oʻsha yerdan xona buyurib qoʻyilganini aytdi. Ota-
onasining telefon raqamlarini berdi. Juma kuni Tashqi
ishlar vazirligi Frantsiyadagi oʻz elchixonasini
voqeadan xabardor qildi, bu paytda Nena Dakontening
ota-onasi kelayotgan samolyot Parijga yaqinlashib
qolgan edi. Motam marosimini uyushtirishni shaxsan
elchining oʻzi zimmasiga olib, Billi Sanches topilgan-
topilmaganini shahar politsiyasidan muntazam soʻrab
turdi. Juma oqshomidan to yakshanbagacha radio va
televidenie Billi Sanches ismli shaxs qidirilayotganini
qayta-qayta e’lon qildi. Qirq soat davomida uni butun
Frantsiya izladi. Nena Dakontening sumkasidan
topilgan surati kattalashtirilib, shahar koʻchalariga
yopishtirib qoʻyildi. Politsiya uchta »Bentli» rusumli
moshinani toʻxtatdi, lekin bular boshqa moshinalar
edi.
Nena Dakontening ota-onasi shanba kuni ertalabdan
yarim kechagacha qizlarining kasalxona butxonasiga
qoʻyilgan tobuti yonidan jilmay, Billi Sanchesni
kutishdi. Yigitning ota-onasiga ham xabar berilgan edi,
ammo telegrammadagi chalkashlik tufayli yetib
kelisholmadi. Vidolashuv marosimi yakshanba kuni
soat ikkida, Billi Sanches xotinini koʻrolmay, xunobi
oshib yotgan oʻsha mash’um mehmonxonadan atigi
ikki yuz metr narida boʻlib oʻtdi. Buni qarangki, uni
elchixonada qabul qilgan mulozimga Tashqi ishlar
vazirligidan ushbu noxush xabar Billi Sanches bilan
gaplashib boʻlganidan keyin kelgan, chor atrofga
yugurib, uni topa olishmagan. Yakshanba kuni
kechqurun, Billi Sanches oʻz xonasida yuragi xun
boʻlib yotgan paytda Nena Dakontening ota-onasi
uning topilishidan umidlarini uzib, marhumaning
moʻmiyolangan jasadini pyx tobutda Madridga olib
ketishdi. Qizni koʻrishga ulgurib qolgan kishilar
bunday goʻzal ayolni umrlarida uchratmaganliklarini
keyin uzoq yillar gapirib yurishdi. Xullas, seshanba kuni
ertalab Billi Sanches ayni kasalxonaga kirib borgan
paytda bular uchun shaffof saodatning ilk
qoʻngʻiroqlari chalingan qarorgohdan sal naridagi
mozorda Nena Dakontening jasadi solingan tobutni
qabrga tushirmoqda edilar.
Negr-doʻxtir fojianing tafsilotlarini soʻzlab boʻlib,
taskin beruvchi dori uzatgan edi, Sanches uni olmadi.
Minnatdorlik bildirishga ham zarurat yoʻq edi. Shu
tobda u oʻziga tanish zanjir bilan biror kimsaning
basharasini abjaq qilib, achchiq qismatidan qasos
olish ishtiyoqida kuyib-yonardi. Kasalxonadan chiqdi-
yu, ammo osmonu falakdan zarracha ham qon
sachramagan yirik-yirik, pokiza qor yogʻayotganini
payqamadi. Parij koʻchalari jonlanib qolgan, zero
keyingi oʻn yil mobaynida birin¬chi marotaba
chinakamiga laylakqor yogʻayotgan edi.
Muallif: Gabriel Garsia Markes .
Tarjimon: Nizom Komil
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 22.11.2013 / 21:55 | O'qilgan: 3947 | Izohlar: (0)
<< 1 ... 3 4 5
Яндекс.Метрика