Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Atirgulning tikoni...
<< 1 2 3 4 5 >>
qogʻozini bosar, qonga boʻkkan qogʻozni paydar-pay
tashqariga uloqtirib borardi. Qon asta-sekin poʻstin
barlari va oʻrindiqqa yoyila boshladi. Billi Sanches
sarosimaga tushib yana dorixona qidirmoqchi boʻldi,
ammo endi dorixona yordam berolmasligini Nena
Dakonte anglab yetgan edi.
– Hademay Orlean darvozasidan oʻtamiz, – dedi u. –
Katta yoʻldan toʻgʻri boraverasan, u yogʻini
koʻrsataman.
Ammo general Leklerk nomi bilan ataluvchi katta
yoʻldan olgʻa siljish oson boʻlmadi. Yoʻlning ikkala
tomonida yengil moshina va mototsikllar bir-biriga
mingashib ketgan, oʻlganning ustiga tepgan
deganlariday, markaziy bozorlarga oshiqayotgan yuk
mashinalari qimir etgani qoʻymas edi. Billi Sanches
xunobi oshib haydovchilar bilan soʻkishib ketar, Nena
Dakonte hay-haylab uni hovridan arang tushirardi.
Faqat Leon Belfor maydonidan oʻtishga bir soatdan
ortiq vaqt sarflashdi. Qahvaxona va doʻkonlarning
chiroqlari yarim tundagidoy charaqlab turar, zero Parij
yanvarining odatdagi seshanbasi boʻlib, havo rutubatli,
yomgʻir aralash qor yogʻardi. Danfer-Roshro koʻchasi
xoliroq ekan, ozgina yurganlaridan soʻng Nena
Dakonte eriga oʻngga burilishni buyurdi, koʻp oʻtmay
ular befayz bir kasalxona oldida toʻxtashdi.
Moshinadan tushayotganda Nena Dakontega
yordamlashishga toʻgʻri keldi, lekin uning ruhi tetik,
fikri ravshan edi. Navbatchi doʻxtir kelguncha Nena
zambilda yotgan koʻyi hamshiraning siyqa savollariga
javob qaytardi: kim, qaerda tugʻilgan, bolaligida
qanday dardlarga chalingan va hokazo. Billi Sanches
moshinadan uning sumkachasini keltirib berdi, soʻng
nikohuzugi taqilgan qoʻlini ushladi. Qoʻl haroratsiz va
zaif edi, lablari ham oqarib ketganini ilgʻadi. Qiz
erining qoʻlini qoʻyib yubormadi, doʻxtir kelguncha
Billi Sanches shu alpozda turaverdi. Navbatchi
barmoqdagi jarohatni koʻzdan kechira boshladi. U
boshida bir tuki yoʻq, qorachadan kelgan yoshgina
yigit edi. Nena Dakonte unga zarracha e’tibor bermay
eriga qarab jilmaydi.
– Qoʻrqma, – dedi u, keyin odatdagi hazilini qildi: –
nari borsa, barmogʻimni kesib olib, yutib yuborar-da.
Doʻxtir boshini koʻtarib, andak osiyocha talaffuz
aralashgan sof ispan tilida javob qaytardi:
– Yoʻq, azizlarim, – dedi u, – shundoq chiroyli
barmoqni kesib olib, yutib yuborgandan koʻra ochdan
oʻlganim afzal.
Er-xotin baqa boʻlib qolishdi, ammo doʻxtir muloyim
ishora bilan ularni xijolatdan qutqardi. Soʻng zambilni
olib ketishni buyurdi, Billi Sanches xotinining qoʻlini
tutgancha odimlayotgan edi, doʻxtir uning tirsagidan
ushladi:
– Siz qoling. Bemorni reanimatsiyaga olib borishadi.
Nena Dakonte eriga yana bir bor jilmayib, qoʻl silkidi.
Zambil yoʻlak ichkarisida koʻzdan gʻoyib boʻldi.
Doʻxtir hamshira yozgan ma’lumotlarni oʻqiyotgan
paytda Billi Sanches uning yoniga keldi.
– Doʻxtir, – dedi u, – xotinim homilador.
– Nechchi oylik?
– Ikki oylik chamasi.
Doʻxtir bu xabarni Billi Sanches kutganidan koʻra
xotirjam qabul qildi. «Aytganingiz yaxshi boʻldi», dedi-
da, zambil olib ketilgan tomonga qarab yoʻrgʻaladi.
Billi Sanches bemorlar tahlikasiga toʻyingan boʻm-
boʻsh yoʻlakda qaqqaygancha qolaverdi, ancha
garangsib turdi, keyin uzun yogʻoch kursida nimanidir
kutib oʻtirgan kishilar yoniga choʻkdi. Oradan qancha
fursat oʻtganini bilmaydi, kiftiga yer yuzining jamiki
gʻam-tashvishini ortib kasalxonadan chiqqanida yana
qorongʻi tushgan, osmon yana hafsala bilan qor
elaklardi.
Nena Dakonte kasalxonaga yotqizilgan vaqt – 7 yanvar,
seshanba, soat ertalab 9.30. Oʻsha kuni tunni Billi
Sanches kasalxona roʻparasida turgan moshinasida
oʻtkazdi. Ertalab uygʻonishi bilan sal naridagi
qahvaxonada qaynatilgan oltita tuxum yeb, ikki stakan
sutli qahva ichdi, Madriddan chiqqanlaridan beri
tuzukroq yegan ovqati shu edi. Keyin Nena Dakonteni
koʻrish uchun bemorlarni qabul qilish boʻlimiga bordi.
Asosiy eshikdan kirish kerakligini unga bir amallab
tushuntirishdi. U yoqda, xudoga shukr, ispanchani
biladigan bir sanitar topilib qoldi, oʻsha orqali Billi
Sanches rostdan ham Nena Dakonte kasalxona
roʻyxatida qayd etilganini aniqladi; bemorlarni ziyorat
qilishga faqat seshanba kuni soat toʻqqizdan
toʻrtgacha ruxsat berilarkan. Demak, yana olti kun
kutish kerak. Xotinini qabul qilib olgan doʻxtirga
uchrashish niyatida uning tepakal ekanini, negrlarga
oʻxshab ketishini aytgan edi, arzimagan bu ikki sifat
boʻyicha tusmollagan birorta odam u doʻxtirni
tanimadi.
Nena Dakonte roʻyxatda borligidan koʻngli sal taskin
topgan Billi Sanches moshinasi oldiga qaytdi, u yerda
transport politsiyasining xodimi kutib turgan ekan; ish
shu bilan tugadiki, moshinani ikkita mavze naridagi tor
bir koʻchaga haydab borib, toq raqamli binolar
joylashgan tomonga qantarishga toʻgʻri keldi.
Roʻparadagi endigina ta’mirdan chiqqan binoga «Otel
Nikol« degan lavha qoqilgan edi. Lavhada bittagina
yulduzning shakli bor, torgina foyega koʻrimsiz divan
bilan eski pianino qoʻyilgan, ammo-lekin chiyildoq
ovozli xoʻjayin puldor mijoz bilan istalgan tilda
gaplasha olar ekan. Allaqaysi goʻrda qaynayotgan
karamning hidi tutib ketgan aylanma zinapoyadan oʻn
bitta chamadon bilan sovgʻa-salomga toʻla toʻqqizta
qogʻoz qutini beshinchi qavatning boʻsh turgan bir
xonasiga tashib chiqquncha Billi Sanchesning ona suti
ogʻziga keldi. Xonaning bittagina derazasidan
koʻroydinday nur tushib turardi. Bitta karavot, bitta
javon, bitta stul, poyiga togʻora qoʻyilgan obrez –
xonadagi bor bisot shu, tagʻin bularning bari shu
darajada bir-biriga taqalib turibdiki, nari-beriga biror
qadam bosishning iloji yoʻq. Atrofdan kimyoviy dorining
hidi anqiydi. »Nima boʻlganda ham qish izgʻirinida
koʻchada yotgandan yaxshi-ku», deya oʻziga tasalli
berdi Billi Sanches. Keyin eshikni ichkaridan ilgaklab,
poʻstini bilan karavotga yuztuban tashladi. Umrida
birinchi marta oʻzini nihoyatda gʻarib va yolgʻiz his
etdi. Shuncha yildan beri Nenasiz qanday yashadi
ekan-a? Mana, hozir u qoʻl uzatsa yetadigan joyda
qoniga belanib yotibdi...
Qachon uyqu elitganini bilmaydi, bir mahal koʻzini
ochsa – soat besh. Lekin ertalabki beshmi,
kechqurungimi, hafyuning qaysi kuni, shamol va
yomgʻir doʻmbira qilayotgan oynalaridan boshqa
hech vaqosi yoʻq qanaqa shahar bu – dabdurustdan
farqiga borolmadi. Koʻzlarini ochgancha Nena
Dakon¬te haqida oʻylab yotdi, bir ozdan soʻng yangi
kun boshlanayopaniga ishonch hosil qilib, oʻzi
oʻrgangan oʻsha qahvaxonaga qarab yoʻl oldi, bugun
payshanba ekanini ham oʻsha yerda bildi. Yomgʻir
tingan, lekin kasalxona chiroqlari hali oʻchmagan edi.
Billi San¬ches oq xalatli erkagu ayol kirib-chiqib turgan
eshik roʻparasidagi qora qayinga suyangancha xotinini
qabul qilib olgan doʻxtirni uchratish ilinjida kunni kech
qildi. Qosh qorayib, sovuq suyak-suyagidan oʻtib
ketgach, yana qahvaxonaga kirib, har galgi joyidan
ikkita tuxum olib yedi, issiq-issiq qahva ichdi.
Mehmonxonaga qaytsa, oʻzinikidan boshqa hamma
moshinalar koʻchaning narigi tomonidagi yoʻlkada
turibdi, buning moshinasi oynasiga jarima qogʻozi
yopishtirib
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 22.11.2013 / 21:55 | O'qilgan: 3878 | Izohlar: (0)
<< 1 2 3 4 5 >>
Яндекс.Метрика