Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Atirgulning tikoni...
<< 1 2 3 4 5 >>
orzulari ushalgan yosh kelin-
kuyovlarday tutdilar. Qizning ham, yigitning ham ota-
onasi ularni kutib olishga puxta tayyorgarlik koʻrib
qoʻyishgan edi. Samolyotga zinapoya tirkalishi bilan
birinchi toifadagi boʻlmaga protokol boʻlimining
xodimi kirib keldi. U Nena Dakontega ota-onasi
nomidan nuqraday oppoq manto sovgʻa qildi, Billi
Sanchesga esa qoʻy terisidan tikilgan nimpoʻstin
bilan aeroportda qantarib qoʻyilgan yap-yangi
moshinaning kalitini topshirdi.
Diplomatik vakolatxonaning barcha xodimlari ularni
faxriy mehmonlarga moʻljallangan qabulxonada kutib
olishdi. Elchi va uning rafiqasi bular esini tanibdiki, har
ikkala xonadon uchun aziz kishilar edi. Bundan
tashqari, ularni hali shudring tomchilari qurib
ulgurmagan bir dasta atirgul bilan qarshi olgan elchi
Nena Dakon-tening inga-ingasini eshitgan doya-
doʻxtir ham edi. Qiz er-xotinga talpinib, ularni navbati
bilan oʻpdi, soʻng guldastani oldi, shunda atirgulning
tikani barmogʻiga gʻarchillab sanchildi, ammo
Dakonte darrov vaziyatni yumshatdi:
– Uzugimni koʻrib qoʻyinglar deb ataylab shunday
qildim.
Diplomatlarning bari qadimiy ustalar qoʻlidan chiqqan
olmos koʻzli uzukka mahpiyo boʻlib qoldi, koʻplari
ichi¬da uzukning narxini xomchoʻt qilgan boʻlsa ham
ajab emas. Hech kim barmoqdagi qonni payqamadi.
Keyin hammaning e’tibori moshinaga ogʻdi. Tadbirkor
elchi uni aeroportga keltirib, ipak matoga oʻrashni va
ustidan zarhal jiyak bilan bogʻlab qoʻyishni buyurgan
edi. Ammo Billi Sanches bu topqirlikning qadriga
yetmadi. Moshinani tezroq koʻrish ishtiyoqi ustun
kelib, bir siltov bilan matoni sidirib tashladiyu angrayib
qoldi. Bu eng soʻnggi nusxadagi «Bentli» rusumli
moshina boʻlib, ichki jihozlari butkul asil charm bilan
qoplangan edi. Birdan havo aynadi, Guadarram
tomondan achchiq izgʻirin esa boshladi. Lekin Billi
Sanches sovuqni sezmasdi, u mashinaga andarmon
boʻlib, uning jamiki ikir-chikirini koʻzdan kechirib
chiqdi va shu tariqa elchixona xodimlarini
allamahalgacha ochiq bekatda diydirab turishga
mahkum etdi. Keyin elchi ziyofat rejalashtirilgan
maxsus qarorgohga borish uchun uning yoniga, oldingi
oʻrindiqqa oʻtirdi. Ioʻl-yoʻlakay shaharning diqqatga
sazovor joylarini koʻrsatib ketdi, ammo fikru xayoli
moshinada boʻlgan Billi Sanches bunga parvo ham
qilgani yoʻq.
Ilgari u oʻz yurtidan tashqariga chiqmagan edi. Har yili
sinfdan sinfga oʻta olmay, barcha xususiy va davlat
maktablarining tuzini tatib koʻrdi, axiyri koʻpchilikning
qargʻishiga uchragan yomon bolalar toʻdasiga
qoʻshilib ketdi. Bu shahar u tugʻilib-oʻsgan shaharga
oʻxshamasdi: dengizi yoʻq, turqi sovuq kulrang
binolar, yalangʻoch daraxtlar – xullas, nazari tushgan
hamma narsa ta’bini xira qilar, lekin Billi Sanches buni
sezdirmaslikka tirishardi. Elchining qarorgohida ziyofat
avjiga chiqib, shaharga yopirilgan qor boʻronini hech
kim payqamadi, Frantsiyaga joʻnash uchun
qarorgohdan chiqqanlarida esa butun borliq oq
choyshabga burkangan edi.
Nena Dakonte barmogʻidan qon oqayotganini
Madriddan joʻnaganlaridan soʻng oradan toʻrt soat
oʻtgach, boʻron tinib, havo ochilgan paytdagina koʻrib
qoldi. Avvaliga taajjublandi, chunki elchining xos
mehmondorchilikni operalardan ariyalar ijro etish bilan
yakunlashga odatlangan xotini sha’niga qiyqirib
chapak chalganida barmogʻida ogʻriq sezmagan edi.
Keyinroq, har gal eriga chegaraga eltadigan eng yaqin
yoʻlni koʻrsatarkan, qon oqayotgan barmogʻini
beixtiyor soʻra boshladi, faqat Pireneyga
yetganlaridagina dorixona esiga tushdi. Ammo soʻnggi
kunlardagi «zoʻri behuda»lar oʻz ishini qildi – uni
uyqu elitdi, choʻchib uygʻonganida esa (tushida
moshina suv ustida suzib ketayotganmish)
barmogʻiga oʻralgan roʻmolcha xayoliga ham
kelmadi. Roʻparasidagi soatga qarab allaqachon
Bordoni ham, Angulemni, Puateni ham bosib
oʻtishganini, hozir esa Lauru oralab, suv bosgan
baland toʻgʻon ustida ketishayotganini angladi.
Qaragʻaylar ortidagi koʻhna qal’alar oyning xira
yogʻdusida ertaklardagi sirli-sehrli sharpalarday
koʻzga tashlanardi. Bu joylarni besh qoʻliday biladigan
Nena Dakonte Parijgacha atigi uch soat yoʻl qolganini
chamalab koʻrdi, Billi Sanches esa rulda hamon
gijinglagan toyday oʻtirardi.
– Joningda qasding bormi? – dedi u eriga. – Oʻn bir
soatdan koʻp yuribmiz-a, tamaddi qilib olsang-chi!
Ammo Billi Sanches yangi moshina gashti bilan toʻq
edi. Garchi samolyotda kam uxlagan boʻlsa-da,
Parijga qiynalmasdan yetib borishi koʻrinib turardi.
– Elchining uyida bir oyga yetadigan ovqat yeganman, –
deya javob berdi u bamaylixotir. Orleanga
yaqinlashganlarida tuman tarqadi, oy barkashi qor
bosgan dalalarga ayamay nur socha boshladi, ammo
Parijga sabzavot va vino olib borayotgan yuk
mashinalari tirbandlashib, yurish ancha qiyinlashdi.
Nena Dakonte jon-jon deb rulga oʻtirgan boʻlardi-yu,
lekin bundan ogʻiz ochishga ham jur’at etolmasdi,
sababi Billi Sanches bir kuni, xotinining yonida
yoʻlovchiday oʻtirgan erkak – erkak emas, degan edi.
Qariyb besh soat toʻyib uxlab olgan Nena hozir oʻzini
bardam his etar, birorta xarob mehmonxonada yotib
qolishmaganidan nihoyatda xursand, faqat tunning
besamar oʻtgani jinday alam qilayotgan edi, xolos.
Billi Sanches xotinining koʻnglidagini uqqanday luqma
tashladi:
– Bir ot oʻyin qilmaymizmi? Qor ustida gashti
boʻlakcha-da. Hoziroq, nima deysan?
Nena Dakonte oʻylanib qoldi. Yoʻlning ikki chetiga
qalin momiq qor toʻshalgan. Qaniydi, tappa
tashlasangu bir-biringga chirmashib ketsang! Ammo
shahar yaqinlashgani sayin qatnov tigʻizlashib borar,
tevarak-atrofdagi zavodlarning chiroqlari koʻzga
tashlanar, velosiped mingan ishchilar ketma-ket oʻtib
turar edi.
– Parijgacha chida, – dedi Nena Dakonte. – Er-xotinga
oʻxshab, ozoda toʻshakda qilaylik shu ishni.
– Birinchi marta rad etishing, – deya taajjublandi Billi
Sanches.
– Toʻgʻri, – dedi qiz. – Birinchi marta er-xotin boʻlib
turibmiz-da.
Osmon yorisha boshlaganda yuvinib olish va jinday
hordiq chiqazish maqsadida yoʻl boʻyidagi
qahvaxonaga kirishdi, keyin yuk mashinalarining
nonushta qila¬yotgan haydovchilari yonida turib issiq
bulochka bilan qahva ichishdi. Hojatxonada Nena
Dakonte yubkasidagi qon dogʻlarini koʻrdi, lekin
tozalab oʻtirmadi. Boʻkib ketgan roʻmolchani axlat
qutisiga uloqtirib, qoʻlini shoshmasdan sovunlab
yuvdi. Tikan yarasi koʻzga shundoq tashlanib turardi.
Moshinaga oʻtirganlarida barmoqdan yana qon oqa
boshladi. Nena Dakonte sovuq shamol qonni
toʻxtatadi degan umid bilan qoʻlini tashqariga
chiqarib oldi, lekin foydasi boʻlmadi. «Birortasi
izimizga tushgan boʻlsa, mushkuli osonlashdi, – dedi
u soddadillik bilan. – Qorga tomgan qonlarim izidan
bemalol topaveradi».
– Eshityapsanmi? «Madriddan Parijgacha choʻzilgan
qon izlari...» Qoʻshiqqa oʻxshaydi-ya!
Ammo bu hazilning tagi zil ekani tezda ma’lum boʻldi.
Parijga tutash shaharchaga kirib borganlarida
barmokdan qon tizilib otila boshladi, shunda Nena
Dakonte qon bilan birga tanasini jon ham tark
etayotganini ilk bor his etdi. U jarohat ustiga hojatxona
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 22.11.2013 / 21:55 | O'qilgan: 3877 | Izohlar: (0)
<< 1 2 3 4 5 >>
Яндекс.Метрика