Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Atirgulning tikoni...
1 2 3 ... 5 >>
Kechga yaqin chegaraga yaqinlashganlarida Nena
Dakonte nikoh uzugi ta-qilgan barmogʻidan hamon
qon tomchilayotganini koʻrdi. Kigizrang yomgʻirpoʻsh
kiygan ispan jandarmi karbid chirogʻini tutib ularning
pasportini uzoq koʻzdan kechirdi. Pireney togʻlaridan
esayotgan kuchli shamol uni uchirib ketaman derdi.
Garchi ikkala pasport ham diplomatik maqomga ega
boʻlsa-da, jandarm chiroq nurini hujjatlardagi
suratdan uzib, bularning yuziga tutdi. Balogʻatga yetib-
etmagan, koʻzlari ma’sum, rutubatli yanvar
oqshomida shinnirang yuzida Karib oftobi jilva qilib
turgan Nena Dakonte pahmoq poʻstinga
tomogʻigacha oʻranib oʻtirardi. Bunaqa poʻstinni
xarid qilishga chegaradagi butun boshli garnizonning
bir yillik maoshi ham yetmaydi. Egniga katak-katak
kamzul, boshiga beysbol qalpoqchasi kiyvolib rulda
oʻtirgan eri Billi Sanches de Avila undan bir yosh
kichik, ammo xuddi uning oʻziday xushroʻy edi, faqat
oldinga turtib chiqqan zarang iyagi koʻrinishdan
yoqimtoy kallakesarni yodga solardi. Xotinidan farqli
oʻlaroq, u boʻychan va durkunroq edi. Ularning
jamiyatdagi oʻrnini koʻz-koʻz qilib turgan yana bir
unsur bu joylarda kamdan-kam uchraydigan
hashamatli avtomo¬bil boʻlib, uning orqa oʻrindigʻida
yap-yangi chamadonlar va sovgʻa toʻla qogʻoz qutilar
uyulib yotardi. Nena Dakontening birdan-bir
ovunchogʻi boʻlmish saksofon ham shu yerda edi, –
hayhot! – kunlardan bir kun bu ovunchoqni plyajda
yurgan baodob bosqinchining mash’um muhabbati
chilparchin qilib tashladi.
Jandarm muhr bosilgan pasportlarni qaytarib bergach,
Billi Sanches un¬dan yaqin-atrofda dorixona bor-
yoʻqligini soʻragan edi, u kafti bilan ogʻzini
shamoldan pana qilib, Andaydan, frantsuzlar
tomonidan surishtiringlar, deb qichqirdi. Oynavand
hujra ichida qarta tashlab oʻtirgan Anday
politsiyachilari esa mahobatli moshinaga koʻz qirini
tashlashdiyu «oʻtib ketaveringlar» degan ishorani
qilishdi. Billi Sanches toʻxtab, ustma-ust signal
qopqogʻini bosdi, axiyri zardasi qaynab ketgan bir
politsiyachi tuynukdan boshini chiqarib, jerkib berdi:
– Nima qilib turibsan? Ketavermaysanmi, galvars!
Ana shunda Nena Dakonte poʻstinining yoqalarini
yuziga bosib moshinadan tushdi-da, politsiyachidan
sof frantsuz tilida dorixona qaerdaligini soʻradi. Lunji
toʻla non, politsiyachi loqaydlik bilan dorixonaga ishi
tushmaganini aytib, darchani yopdi. Ammo nigohi bir
zum nomsiz barmogʻini soʻrib turgan antiqa poʻstinli
qizga qadaldi, nazarida osmondan farishta
tushganday boʻldi shekilli, birdan koʻnglidagi qahr
oʻrnini mehr egalladi.
– Bayonnada dorixona bor, – dedi u, – lekin bunday
havoda ishlayotganmi-kan? Tinchlikmi oʻzi? – deb
soʻradi keyin.
– Tinchlik, – deya jilmaydi Nena Dakonte va olmos
koʻzli uzuk yarqirab turgan barmogʻini koʻrsatdi.
Barmoq uchidan qon silqirdi. – Tikan kirib ketdi.
Bayonnaga yetmaslaridan yana qor yogʻa boshladi.
Shom qorongʻisi endigina yoyilayotgan boʻlishiga
qaramay, shaxar koʻchalari boʻm-boʻsh, hamma
eshiklar taqa-taq berk edi. Allamahalgacha dorixonani
qidirib topisholmadi. Yana yoʻlga tushishdi. Billi
Sanches xursand edi. Shu paytgacha mingan
moshinalari toʻy munosabati bilan sovgʻa qilingan
mana bu «Bentli«ga yaqin kelolmasdi, aslida-ku
qoʻlini qayoqqa uzatsa yetadigan otasi uni
moshinadan hech qachon qismagan, xohlaganini olib
berib turgan. U mana shunday shirin xayollar
ogʻushida oʻtirar, yurgani sayin toliqish oʻrniga
charchogʻi tarqab borardi. Billi shu bugunoq Bordoga
yetib olmoqchi edi, chunki ularni »Splendid»
mehmonxonasida oldindan buyurib qoʻyilgan jannatiy
xona kutmoqda. Shu tobda uni na roʻparadan
esayotgan kuchli shamol, na boʻralab yogʻayotgan
qor toʻxtata olardi. Nena Dakonte esa butkul holdan
toygan, ayniqsa, yoʻlning Madriddan chegaragacha
boʻlgan oʻydim-chuqur qismi uni tutday toʻkib
tashlagan edi. Binobarin, Bayonnadan chiqishlari bilan
u qon oqayotgan barmogʻini roʻmolchasi bilan
bogʻlab, qattiq uyquga ketdi. Billi Sanches buni yarim
kechaga yaqin, qor tinib, qaragʻayzorda shamol
toʻxtagan va koʻkda yulduz durlari yiltillagan
paytdagina payqadi. Bordo ortda qolgan edi, u yerda
Billi moshinaga benzin quydirish uchungina toʻxtadi,
niyati tezroq Parijga yetvo-lish edi. 25 ming funtga
xarid qilingan dabdabali qoʻgʻirchogʻiga mahliyo
boʻlib qolgan Billi barmogʻiga oʻrogʻliq roʻmolchasi
jiqqa qonga boʻkkan shirmonyuz qiz uning quvonchiga
sherik boʻladimi-yoʻqmi – bu haqda oʻylamasdi.
Ular uch kun burun bu yerdan minglab kilometr
olisdagi Kartaxane-de-Indiasda qizning ota-onasini
qon qaqshatib, faqat arxiepiskopning oq fotihasi bilan
turmush qurishdi. Nima voqea yuz berganini,
nogohoniy bu muhabbat qanday paydo boʻlganini
ularning oʻzidan boshqa hech kim bilmasdi. Bu
muhabbat esa toʻydan uch oy muqaddam dengiz
sohilida, orombaxsh yakshanba kunlarining birida
koʻz ochgan edi. Oʻsha kuni Billi Sanchesning toʻdasi
Marbele plyajidagi ayollarning yechinish xonalariga
bostirib kirdi. Bundan sal ilgariroq Nena Dakonte oʻn
sakkiz yoshga toʻlgan, Shveytsariyadagi Shatelen
internatida ta’lim olib, toʻrtta tilni suv qilib ichib
yuborgan va saksofon chalishni oʻrganib, yaqindagina
oʻz yurtiga qaytgan edi. Bu – u dengizga kelganidan
keyingi ilk yakshanba edi. Nena choʻmilish libosini
kiyish uchun butkul yechinib boʻlganida yon-veridagi
boʻlmalarda birdan qiy-chuv koʻtarildi, u nima
gapligini oʻz xonasining zulfini sharaqlab otilib
ketganidagina angladi. Roʻparasida uyat joyiga
shapaloqday qoplon terisini tutib olgan ertaklardagiday
xushsurat bir bezori turardi. Qayishday tarang qomati
janub oftobi va dengiz shamolida obdon qoraygan,
oʻng mushtiga qaroqchilarning sinalgan quroli
boʻlmish temir zanjir oʻralgan. Bir vaqtlar ular
boshlangʻich maktabda birga oʻqishgan edi. Oʻ-hoʻ,
ular bormagan oilaviy tantanalar, bazmu ziyofatlar
qoptimi! Har ikkalasi ham shaharni yotqizib-
turgʻizadigan nufuzli xonadonlarning farzandlari edi.
Ammo hozir, oradan koʻp yillar oʻtgani sababli, bir-
birlarini dabdurustdan taniyolmadilar. Haykalday qotib
qolgan Nena Dakonte hatto u yer-bu yerini yashirishni
ham tamomila unutgan edi.
Billi Sanches nomus qilganidan zanjir oʻralgan mushti
bilan kiyimxona devorini shunaqa urdiki, barmoq
suyaklari dabdala boʻldi. Qizning oʻzi moshinasida
uni kasalxonaga olib borib, tuzalgunicha tepasidan
jilmadi, bu gʻamxoʻrlikning oqibati shu boʻldiki, ular
birgalikda zino ilmini yuksak choʻqqilarga koʻtardilar.
Ikki yosh uchun dunyoda goʻyo bundan koʻra
huzurbaxsh mashgʻulot yoʻqday edi. Kunni kun, tunni
tun demay, istalgan yerda: goh moshina ichida, goh
dengiz sohilida faqat shu ish bilan shugʻullanishdi.
Hatto yaqindagina taqdir ularni uchrashtirgan plyajdagi
yechinish xonalari ham qolgani yoʻq. Xullasi kalom,
nikoh oʻqilib, ikkovlari jufti halolga aylangan kunning
ertasiga Nena Dakontening qornidagi homila ikki
oylikka yaqinlashib qolgani ma’lum boʻldi.
Binobarin, Madridga uchib kelganlarida ular oʻzlarini
bearmon ayshu ishrat qilgan jazmanlarday emas,
balki ming yillik
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 22.11.2013 / 21:55 | O'qilgan: 3567 | Izohlar: (0)
1 2 3 ... 5 >>
Яндекс.Метрика Statok.net