Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Mualliflik huquqini bilasizmi?
<< 1 2 3
Kamina oliy tahsildan so‘ng o‘zim o‘qib
bitirgan oddiy o‘rta maktabda, keyinchalik poytaxtdagi
Nafis san'at litseyida va oliy o‘quv yurtlarida adabiyot
fanini o‘qitganimda, bunday darslarning zavqini xo‘b
tuyganman. Hozir ham shu sevimli "Jong‘a chun
dermen..." g‘azalimni yilda o‘nlab navoiyxonliklarda
soatlab og‘zaki tahlil etaman va bundan katta zavq-
shavq tuyaman, har tahlil etganimda yangi, nozik
ma'no qirralarini kashf etaman.
Tahlilda birinchi asos manba, shubhasiz, g‘azalning
matnidir. Matn esa butun va nuqsonsiz bo‘lishi shart.
N.G‘ulomova maqolasida esa matnga tegishli xatolar
ko‘p. Masalan, "kecha kelgumdur" - "kecha
kelgumdir", "qaro ko‘zum" - "qaro ko‘zim", «yordin
ayru ko‘ngul» -"yordin ayru ko‘ngil", "jong‘a " - "jonga",
"vaz'ingg‘a" - "vaz'ing‘a", "o‘t tushti" - "o‘t tushdi"
tarzida asliyatga nomuvofiq yozilgan.
"Bahri bayt" termini "bahru bayt" shaklida xato
qo‘llangan. Ma'lumki, har bir harf o‘zgarishi mazmunni
o‘zgartirib yuboradi."Bahri bayt" birikmasidagi
"-i" - forsiy izofa bo‘lib, u qaratqich-qaralmish
munosabatlarini ifodalaydi. Hozirgi o‘zbek tilida
qaratqich kelishigi qo‘shimchasi "-ning"ga to‘g‘ri keladi.
Arabcha "bahr" so‘zi dengiz ma'nosini anglatadi. Agar
tarjima qilinsa, "baytlar ummoni" mazmuni kelib
chiqadi. Izofali birikmadagi "-i" befarqlik bilan "-u" deb
yozilsa, bu asl mazmun boy beriladi. Chunki unda "-u"
hozirgi tilimizdagi teng bog‘lovchi vazifasini bajaradi
hamda "va" bog‘lovchisiga to‘g‘ri keladi. Oqibatda,
"bahru bayt" - "dengiz va bayt" mazmunini kasb
etadiki, bunda adabiy termin o‘z mohiyatini yo‘qotadi
va mantiqsiz bir narsaga aylanib qoladi.
Xullas, bir maqola tahlili munosabati bilan mualliflik
huquqiga doir kuzatishlarimizdan qanday tavsiyalar
kelib chiqadi? Mualliflik huquqining buzilishidan
qanday saqlanish mumkin? Tahririyatlarimiz
ko‘chirmakashlik mahsullaridan o‘z sahifalarini
asrashining yo‘li bormi?
Bu o‘rinda, jamiyat a'zolarining huquqiy savodxonligi,
huquqiy madaniyati va huquqiy tafakkurini yuksaltirish
muammolarning oqilona yechimini topishda muhim
omillar sanaladi. Hozircha, matnda ko‘chirmakashlik
unsuri bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish imkoniyatini
beradigan "antivirus"ga o‘xshash "antiplagiat"
mexanizmini ishlab chiqish farazligicha qolmoqda.
Biroq har bir maqolaga hushyorlik, ehtiyotkorlik bilan
yondashish, shubhali maqola muallifidan asarida
ko‘chirmakashlik unsuri yo‘qligi haqida yozma
iqrornoma olish matbuot va nashriyotni plagiat
xavfidan biroz muhofaza etishi mumkin. Matbuot
nashrlari juda ko‘payib ketganligi tufayli har bir
maqolaga nisbatan talabchanlik, muallif bilan matn
ustida jiddiy ishlash tajribasi taomildan qolib ketdi.
Buni qaytadan yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq
bo‘lardi.
Nusratullo JumaxO‘ja, filologiya fanlari doktori
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 21.11.2013 / 09:07 | O'qilgan: 2462 | Izohlar: (0)
<< 1 2 3
Яндекс.Метрика Statok.net