Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:
Mualliflik huquqini bilasizmi?
<< 1 2 3 >>
huquqini mustahkamlaydi.
Mualliflikning boshqa shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi
uning o‘zgalar yozgan asarni o‘zining nomi bilan
(plagiatlik yo‘li bilan) to‘la yoki qisman har qanday
usulda chop etish bilan e'lon qilishda ifodalanadi".
("O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga
sharhlar". Toshkent, "Adolat", 1997 yil, 177-bet).
Tushunarli bo‘lishi uchun, sharhdagi ayrim
tushunchalarni yanada soddaroq sharhlashga urinib
ko‘ramiz. Sharhdagi: "Mualliflikning boshqa shaxs
tomonidan o‘zlashtirilishi" tushunchasi - aynan
ko‘chirmakashlikni anglatadi. Mualliflik huquqi bilan
bog‘liq ko‘p holatlarda, ayniqsa, metodistlarimiz:
"Metodika sohasidagi ishlarda boshqa tadqiqotlardan
falon foiz ko‘chirishga imtiyoz bor", degan da'voni
o‘rtaga qo‘yadilar va bu bilan o‘zlarini oqlamoqchi
bo‘ladilar. Ushbu da'voning xomxayol va asossiz
ekanligiga iqror bo‘lish uchun mazkur sharhdagi: "to‘la
yoki qisman har qanday usulda" degan so‘zlarga yana
bir bora diqqat bilan e'tibor berilishini so‘raymiz.
Bundan aniq tushuniladiki, birovning mualliflik mulkini
xoh to‘la bo‘lsin, xoh qisman bo‘lsin, har qanday
usulda, masalan, keltirilgan maqoladagidek turli guruh
va rollarga taqsimlab tashlab o‘zlashtirish ham
ko‘chirmakashlikdir. Mualliflik huquqini o‘zlashtirishda
biror-bir sub'ektga alohida imtiyoz berilishi hech
qanday qonun hujjatida ko‘zda tutilmagan. Bunday
bo‘lishi adolat mezonlariga ham to‘g‘ri kelmasdi.
Jinoyatning bu turi uchun jazo muqarrar, faqat
xalqimizning milliy mentalitetidagi andisha tufayli u
ijrosiz qolib kelmoqda. Bu O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida quyidagicha mustahkamlangan:
"Tafakkur mulki ob'ektiga nisbatan mualliflik huquqini
o‘zlashtirib olish... - eng kam oylik ish haqining yigirma
besh baravaridan yetmish besh baravarigacha
miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan
huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan
jazolanadi" (O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat
kodeksiga sharhlar. Toshkent, "Adolat", 1997 yil, 177-
bet).
Xo‘sh, birovning intellektual mulkidan, aytaylik, ijodiy
asaridan ko‘chirmakashlik qilmasdan foydalanish
mumkinmi? Albatta, bemalol. Buning yo‘li juda oddiy.
Ilmiy ishning oddiy qonun-qoidalaridan xabardor
odamlarga malol kelmasin-ku, oshkora
ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘ygan kishilar shu odatiy
holdan ham bexabardek taassurot uyg‘onadi kishida.
Kimningdir asaridan ko‘chirma olib ishlatganda,
albatta, muallifning ism-familiyasini va asari
joylashgan manbani ko‘rsatish zarur. Bu ishning nomi
"havola" deyiladi. Olingan parcha, albatta, qo‘shtirnoq
ichida keltirilishi lozim. Bu o‘zgalarning ijodiy
mahsulidan foydalanishning odob-axloq va huquq
normalariga to‘g‘ri keladigan halol yo‘li. Boshqalarning
asarlaridan foydalanib, yangi asar yaratish hodisasi
ham bor. Bu ijodiy ish "hosila asar" deb nomlanadi.
Uning qonun-qoidalari mualliflik huquqi to‘g‘risidagi
qonunda va huquqshunoslikka doir ilmiy kitoblarda
ko‘rsatilgan. Biroq uni g‘azal tahlili haqidagi maqolaga
tatbiq etib bo‘lmaydi.
Ba'zan, muallifning o‘zi ko‘chirma olishning qonun-
qoidalarini kelishtirgan bo‘lsa ham, tahririyat xodimlari
bilib-bilmay mualliflik huquqiga xilof harakatlarni sodir
etishlari mumkin. Ular asarni ommabop ko‘rinishga
keltiraman deb, uning ilmiy apparatini, ya'ni havola va
qo‘shtirnoqlarini olib tashlaydilar. Matnni yalpisiga
tahrir etib, o‘zgartirib yuboradilar. Natijada, asos asar
bilan ko‘chirma olgan muallif matnlari shu qadar
aralashib ketadiki, ularni ajratib bo‘lmay qoladi.
Qoidaga ko‘ra, qo‘shtirnoq ichidagi ko‘chirmalarni
o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bunda muharrir asos asar
muallifining ham, ko‘chirma olgan muallifning ham
mualliflik huquqini bir yo‘la buzib yuboradi.Bundan
ko‘ra, maqolani ilmiy uslubni ko‘taradigan matbuot
nashriga tavsiya etib yuborgan afzal.
Ko‘chirmakashlikdan tashqari, "Bir g‘azal tahlili"
maqolasida boshqa qator nuqsonlar ham yuz ko‘rsatib
turibdiki, bu har kim o‘z qobiliyati, layoqati va
salohiyati darajasidagi ishni qilishi lozimligidan dalolat
beradi. Mumtoz adabiyot tahlili bilan shug‘ullanish
uchun shu sohaga ixtisoslashish va kamida o‘n yillik
ilmiy tajribaga ega bo‘lish kerak. Aks holda, Gulxaniy
masalidagi duradgorga taqlid qilib, dumchasidan
ayrilib qolgan maymun holiga tushish hech gap emas.
Fikrimiz isboti uchun maqolaga ham ilmiy, ham
metodik nuqtai nazardan yondashib ko‘raylik.
Asosiy maqsad Navoiy g‘azallarini guruhlarga, rollarga
bo‘lib o‘rganish haqida tavsiya berishdan iborat
bo‘lgan. G‘azal tahliliga bag‘ishlangan darsning
taxminiy stsenariysi bayon etilgan. Stsenariy ijrochilari
o‘qituvchi, guruhlar, o‘quvchilar. Stsenariyda bizning
qalamimizga mansub g‘azal tahlili mana shu rollarga
taqsimlab tashlangan. Bu hozirgi metodikada moda
bo‘lgan ishchan o‘yinlarning bir ko‘rinishi bo‘lsa kerak.
Lekin, mening sobiq o‘quvchi, sobiq maktab
o‘qituvchisi va adabiyotshunos mutaxassis sifatidagi
qat'iy fikrim shuki, dars - o‘yin emas. O‘yin - o‘yin, dars
- dars. Darsni o‘yinga aylantirish - gunoh. Dars o‘ta
mas'uliyatli va muqaddas jarayondir. Yoshlarning
tafakkuri shakllanadigan ushbu nozik jarayon har
qanday shaklbozlikni ham ko‘tarmaydi. No‘noq
o‘qituvchigina sun'iy stsenariyga, sxematik andozaga
muhtoj bo‘ladi. Mahoratli, rejissura qobiliyatiga ega
bo‘lgan o‘qituvchi esa stsenariysiz ham, tabiiy ravishda
darsni qiziqarli, maroqli sahna tomoshasidek tashkil
eta oladi. Atoqli allomalarimiz, ijodkoru
san'atkorlarimiz o‘yinlarsiz va stsenariylarsiz ham
mumtoz adabiyotni mukammal o‘zlashtirishgan.
Mazkur stsenariy o‘qituvchi va o‘quvchilarga nima
beradi? U qanday amaliy ahamiyatga ega? Tasavvur
qilaylik, o‘qituvchi va o‘quvchilar tayyor stsenariy
asosida g‘azal tahlilini yodlaydilar hamda ijro etadilar.
Biroq bu g‘azalni chinakamiga mutolaa, tahlil etish,
mag‘zini chaqish mashqi emas, balki, nari borsa,
g‘azal tahlilining imitatsiyasi (taqlidiy ijrosi) xolos-ku!
Undan ko‘ra, g‘azal tahliliga ijodiy, mustaqil
yondashish, har bir so‘z, obraz izohlarini, mazmun-
mundarijaning silsilaviy, tadrijiy takomilini proektor
orqali yoritib tushuntirish, har bir bayt mag‘zini
o‘quvchilarning o‘zlari chaqishlariga imkon berish,
so‘ng ularning tahlillarini tuzatish, to‘ldirish,
umumlashtirish, xulosa hosil qilish ma'qul emasmi?
Bizningcha, o‘quvchilar guruhlarini bu tariqa
faollashtirish, g‘azal mohiyatini shu yo‘l bilan singdirish
afzal. Metodist tavsiyasiga amal qilinsa, faqat rol ijro
etuvchi o‘quvchilargina faollashadi. Bu faollik ham
tavsiya etilgan andoza bilan chegaralangan. Ijodiy
tahlilda esa, agar o‘qituvchi shunday muhitni tashkil
eta olsa, barcha o‘quvchilar faollashadi, har bir
o‘quvchi fikr bildirishga intiladi, biror o‘quvchi befarq
o‘tirmaydi. Eng muhimi, g‘azal mohiyati to‘liq ochiladi
va o‘quvchi tahlilda bevosita o‘zi ishtirok etgani uchun,
uni tushunib o‘zlashtiradi. Agar kimdir bular bir
olimning quruq nazariy fikrlari, deb o‘ylasa, ma'zur
tutgaylar.
Manba:Xabarlar.Ru
Joyladi: Guccifer | Vaqti: 21.11.2013 / 09:07 | O'qilgan: 2461 | Izohlar: (0)
<< 1 2 3 >>
Яндекс.Метрика Statok.net