Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)

Rossiyada safarbarlik, Xarkiv oblastida vayron bo‘lgan qishloq. Urush suratlari

22 sentabr kuni Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan safarbarlikning ikkinchi kuni o‘tdi — Rossiyada erkaklarga yoppasiga chaqiruv qog‘ozi topshirilishi boshlandi. Kreml rasman faqat harbiy tajribaga ega bo‘lgan zaxiradagilar orasidan 300 ming kishi chaqirilishini aytgan bo‘lsa-da, harbiy komissariatga chaqirilayotganlar orasida hech qachon armiyaga bormaganlar, shuningdek namoyishchilar, jurnalistlar va harbiy xizmatga yaroqsiz bo‘lganlar ham uchramoqda. «Novaya gazeta. Yevropa» ma’lumotiga ko‘ra, prezident farmonining oshkor etilmagan 7-bandiga ko‘ra bir milliongacha odamni safarbar etish ko‘zda tutilgan, bu ma’lumotni Kremldagilar «yolg‘on» deb atadi. Rossiyada safarbarlik ketayotgan chog‘da Ukrainada Rossiya Xarkiv oblastini ishg‘ol etib turgan vaqt oqibatlari ro‘yxatga olinmoqda. 22 sentabr kuni «DXR» markazi Donetsk shahri hududi Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutildi.

Quyida 22 sentabr, Ukrainadagi urushning 211-kunida olingan suratlar.

Rossiyada safarbarlik

Moskvada bilagida Z harfi (Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlash ramzi) tushirilgan rossiyalik askarlar aks etgan graffiti . Foto 2 sentabr kuni — safarbarlik e’lon qilinishidan keyingi kuni olingan. Foto: Getty Images
Chaqiruv qog‘ozi olgan moskvalik yoshlar harbiy komissariat binosi oldida navbatda turibdi. Moskvada aynan qancha odam xizmatga chaqirilgani ma’lum qilinmagan. Poytaxt meriyasining safarbarlik to‘g‘risidagi buyrug‘ida zaxirada bo‘lgan, lekin hali chaqiruv qog‘ozi olmaganlarga shahardan chiqish taqiqlanishi haqida band yo‘q. Foto: Mixail Metsel / TASS
Dog‘iston poytaxti Mahachqal’ada harbiy xizmatga chaqirilganlarni kuzatishga chiqqan qarindoshlari. Foto: TASS
Ukraina bilan urushga jalb etilgan dog‘istonliklar Mahachqal’adagi respublika chaqiruv punktiga kelishdi. Foto: TASS
Mahachqal’adagi respublika chaqiruv punktida safarbar qilinganlar va ularning qarindoshlari. Bu vaqtda Dog‘istonning boshqa qismida safarbarlikka qarshi odamlar federal trassani to‘sishdi, harbiy komissariat binolaridan biri oldida urushga bormasliklarini aytib e’tiroz bildirishdi. Foto: TASS
Buryatiyada safarbar qilinganlar harbiy komissariat oldidagi mikroavtobusda. Bu odamlarni Ukraina bilan urushga safarbar qilish uchun tunda kvartiralaridan olib chiqishgan va harbiy komissariatga keltirishgan. «Lyudi Baykala» baholariga ko‘ra, Buryatiyadan olti-yetti ming kishini safarbar qilishlari mumkin. Foto: «Lyudi Baykala»

Donetsk yana o‘qqa tutildi 

Donetsk shahri markazida — Voroshilovskiy rayonidagi yo‘lda yotgan jasad. Mahalliy ma’muriyatga ko‘ra, shahar 22 sentabr kuni o‘qqa tutildi va kamida olti kishi halok bo‘ldi. Foto: Nikolay Trishin / TASS
Rossiya nazoratida qolayotgan Donetsk o‘qqa tutilishi vaqtida Yopiq bozor yaqinida halok bo‘lgan kishi jasadi.
Yegor Aleyev / TASS
Donetskda o‘t o‘chiruvchi portlab ketgan avtobus yonida ayolni yupantirmoqda, avtobusda uning o‘smir yoshdagi o‘g‘li bo‘lgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastidagi janglar oqibatlari 

Xarkiv oblastida mart oyidan buyon Rossiya harbiylari nazoratida bo‘lgan Kamenka qishlog‘idagi vayrongarchiliklar. Kamenka Izyum rayonidagi boshqa aholi yashash manzilari qatorida sentabr oyi o‘rtalarida ukrain harbiylari tomonidan ozod etildi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Izyum oblasti aholisi hudud Ukraina nazoratiga o‘tganidan keyin kelgan ko‘ngillilardan gumanitar yordam olmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kamenka posyolkasida yashovchi 42 yoshli Yuriy Zdorovets Rossiya istilosi vaqtida vayron bo‘lgan cherkov binosi oldida.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kamenkilik Yuriy Zdorovets Rossiya tomonidan yo‘llangan zarbalar vaqtida halok bo‘lgan qo‘shnisining jasadini ko‘zdan kechirmoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastining sentabr oyida ozod qilingan Artemovka qishlog‘idagi kungaboqar dalasida tashlab ketilgan avtomobil
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi ukrain jangchilari 

Ukrainalik harbiy rossiyaliklar tomonidan Izyumda qoldirilgan buzuq texnikalarning yaroqli qismlarini olmoqda.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina harbiylari BM-21 «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan rossiyaliklar pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblasti osmonida uchayotgan ukrain vertolyoti
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Яндекс.Метрика