Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Qaysi sohalarda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum bo‘ldi

Qo‘mita ma’lumotida aytilishicha, 2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 289 tani, shundan qo‘shma korxonalar 5 988 ta va xorijiy korxonalar 7 301 tani tashkil etmoqda.

2022 yilning 1 yanvar holatiga xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sohalar bo‘yicha sonida sanoat yetakchilik qilmoqda – 4 076 ta korxona.

Keyingi o‘rinlardan savdo sohasidagi korxonalar (3 782 ta) va qurilish bo‘yicha korxonalar joy oldi (1 100 ta).

Shuningdek, bu ko‘rsatkich qolgan sohalar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 718 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 550 ta;
  • axborot va aloqa – 400 ta;
  • tashish va saqlash – 354 ta; 
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 210 ta.
Яндекс.Метрика