Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Farg‘onadagi bog‘cha binosidan jasad topildi

Tuman hokimining qarorida aytilishicha, sud tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra fuqaro is gazidan zaharlangan deb birlamchi xulosa berilgan.

Tuman hokimi qarori bilan Qo‘shtepa tumani “Qo‘rg‘oncha” mahalla fuqarolar yig‘ini, Paxtaobod ko‘chasida joylashgan 27-maktabgacha ta'lim tashkilotida sodir bo‘lgan baxsiz hodisani o‘rganish yuzasidan tuman komissiya tarkibi tasdiqlandi.

Tuman komissiyasiga komissiya a'zolari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda baxsiz hodisa sodir bo‘lgan joyning holati bo‘yicha barcha o‘zgarishlarni qayd etish, dudburon va shamollatish kanallarining loyiha hujjatlariga, belgilangan norma va qoidalarga muvofiqligini aniqlash, baxsiz hodisa guvohlaridan tushuntirish xatlarini olish va boshqa vazifalar yuklatildi.

Яндекс.Метрика