Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

200ga yaqin mehnat migranti Rossiyada bir necha oydan beri maosh ololmayotganini aytmoqda

Migrantlarga ko‘ra, patentni rasmiylashtirish muddatlari ham o‘tib ketgan, ammo patentdan darak yo‘q. Ular Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ishga yuborilganini aytishmoqda. Ishchilarga haftasiga 1,5 ming rubldan avans berilmoqda. Biroq, bir necha oydirki, to‘liq hisob-kitob qilinmayotgani ta'kidlangan.

Videomurojaatda ish beruvchi Smolensk viloyati, Vyazma shahri, Komsomolskaya 4 manzilida joylashgan “Konstanta” firmasi ekani aytiladi. Kun.uz muxbiri bilan gaplashgan migrantlardan biri shartnomaning suratini taqdim etdi. Unda korxona Moskva shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “Vanta” mas'uliyati cheklangan jamiyati ekani qayd etilgan. Mehnat migranti korxona dengiz mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashganini ma'lum qildi.

Shartnomada, shuningdek, unda ish haqiga doir bandlar ham kiritilgan. Ish haqi 1 oyda 28 kunlik ish vaqti uchun 45-50 ming rubl ekani va naqd ko‘rinishda to‘lanishi qayd qilingan. Shartnomaga muvofiq, ilk 30 kunlik ish haqi transport va boshqa xarajatlar uchun ushlab qolinishi belgilangan. Ikkinchi oydan har 10 kunda ish haqi to‘lanishi ta'kidlangan. Qolaversa, haftada 3 marta 500 rubldan avans berilishi ham yozilgan.

Lekin, migrantlar ish beruvchi tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinmayotganini aytishgmoqda.

Kun.uz mutasaddi idoralardan vaziyat bo‘yicha tegishli izohlar kutib qoladi. 

Яндекс.Метрика