Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

«Qonunbuzarlik haqida xabar berganlarni rag‘batlantirish tizimini barcha sohalarga kiritish kerak» - Ruslanbek Davletov

Davletovga ko‘ra, bunday holatda qonun ustuvorligi birinchi darajali maqsad bo‘lishi va hamma narsa shu maqsaddan kelib chiqishi kerak.

«Agar maqsad qonunchilikni tartibga solish, shu sohada odam o‘limining oldini olish bo‘lsa… Axir oxirgi 3 yil ichida 5 mingta odam yo‘lda o‘lib ketyapti-ku, bunga qanday javob berasiz?

Bu yerda eng asosiy masala – o‘sha shaxsning huquqbuzar ekanligi. Jamoat joylarida noqonuniy xatti-harakat qilinayotgan bo‘lsa, huquqbuzar bo‘lsa, o‘sha holatni to‘xtatish uchun davlat har qanday yo‘ldan foydalanishi kerak. Butun dunyo bundan [huquqbuzarliklar haqida xabar berish] foydalanadi. Qandaydir diniy dogmalar keltirib, bu odamlar orasiga ixtilof soladi, degan narsalar bo‘lmasligi kerak.

Pora bilan shunday holat bo‘lganda, u haqida xabar berganlarni rag‘batlantiradigan bo‘lsak, bunga rozisiz-ku.

Huquqbuzarliklarning farqi yo‘q, u kattami yoki kichikmi, ahamiyati yo‘qmi, boshqami. Bu axloqiy qoida emas, bu – davlat belgilagan qonun-qoidalar. Agar siz kichkina qoidalar uchun bu kerak emas desangiz, ertaga katta muammolarni keltiradi.

Yo‘l harakatidagi hozirgi holat shunaqaki, O‘zbekiston fuqarolari yo‘lda o‘lib ketyapti. Shundoq behudadan-behudaga, urushsiz ko‘p odamlar o‘lib ketyapti. Shuning uchun, mening fikrim barcha sohalardagi qonunbuzarliklar haqida xabar berganlarni rag‘batlantiruvchi tizimni kiritish kerak», – deya adliya vazirining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Яндекс.Метрика Statok.net