Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Guljahon Yo‘ldosheva ishi. Sud tergovi yakunlandi

Majlisda sudga taqdim etilgan yozma va boshqa daliliy isbotlar o‘qib eshittirildi, videomateriallar ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Sudda Yo‘ldoshevaning advokati yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bir necha guvohlarni qayta so‘roq qilish uchun sudga jalb etish bo‘yicha iltimosnoma kiritdi.

Sud raisi iltimosnomani o‘rganib chiqib, uni asossiz deb topdi va qanoatlantirishni rad etdi.

Sud tergov jarayoni yakunlanganini e'lon qildi.

Sud taraflar muzokara jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishi uchun 1 martga qadar tanaffus e'lon qildi.

Яндекс.Метрика Statok.net