Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

O‘zbekistonda Oliy muhandislik akademiyasini tashkil etish taklif qilindi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Oliy muhandislik (injyenerlik) akademiyasini tashkil etish haqida petitsiya joylashtirildi.

Qayd etilishicha, yaqin vaqt oralig‘ida sodir bo‘lgan qator noxush tabiiy va texnogen xarakterga ega bo‘lgan hodisalar kompleks rivojlanishda muhandislik (injyenerlik) sohasiga e'tiborning susayib ketganligini namoyon etdi. 

Bildirilishicha, mutaxassislik bo‘yicha ta'limning amaliyot bilan hamnafas olib borilmasligi natijasida hozirgi kunda, asosan, muhandislik (injyenerlik) sohasi ustoz-shogird an'anasi asosida shakllanib kelmoqda. Buning natijasida sohaga oid aytarli yangiliklar deyarli ko‘rinmaydi. Ko‘pchilik, jumladan, tadbirkorlar ham tayyor texnologiyani chetdan xarid qilishni yoki nusxa ko‘chirishga majbur bo‘lmoqda. 

“Muhandislar (injyenerlar) bugungi rivojlanish bosqichida istalgan ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi bo‘lishlari tabiiy. Ularning xulosalari doimo inobatga olinishi zarur. Tajribali muhandis (injyener)larga bugungi kunda, hattoki, rivojlangan davlatlarda ham ehtiyoj mavjud”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Oliy muhandislik akademiyasini tashkil etish taklif etilgan. 

“Albatta, bu soha birdaniga o‘z natijasini namoyon etmasligi mumkin, lekin vaqti kelib ushbu sohani yaxshi egallagan kadrlar ko‘plab qiyinchiliklarni osonlik bilan yengishga yordam berishlari, shubhasiz”, - deyiladi petitsiyada.

Яндекс.Метрика Statok.net