Bugun
2021-01-21
Bugun ishlaringizda bir qancha muammolarga duch kelasiz. Ammo ularga osonlik bilan echim topasiz. Kuningiz yahshi kayfiyatda o'tadi.
Buzoq 21.04-21.05
Bugun yaqinlaringizni ko'nglini ko'tarib, ular bilan ko'proq muloqotda bo'lishga harakat qiling. Ular sizdan juda hursand bo'lishadi. O'zingizni ham kayfiyatingiz ko'tariladi.
Egizaklar 22.05-21.06
Bugun ko'p ishlaringizda omad kulib boqadi va hamkasblaringiz bilan birga bajarilgan loyihalar ustida katta yutuqlarga erishasiz. Kun ohiriga kelib biroz charchoqni his qilasiz.
Qisqichbaqa 22.06-22.07
Bugun ertalab moliyaviy omadga ishonmaganingiz mayqul. O'zingiz harakat qilmasangiz bo'lmaydi. Kuning yarmida do'stlar davrasida qiziqarli voqealar yuz beradi, vaqtingiz chog' o'tadi.
Arslon 23.07-23.08
Bugun siz juda ham aktiv va ko'p harakat bo'lasiz. Energiyangiz ichingizga sig'maydi g'ayrat va energiyangizni atrofdagilar bilan bo'lishasiz. Xar qanday boshlagan ishingizda omad siz tarafda bo'ladi.
Parizod 24.08-23.09
Bugun yulduzlar taysirida siz ko'p muvaffaqiyatlarga erishasiz. Ammo bunga qattiq ishonib qolmang, muvaffaqiyat kaliti bu sizning so'zlaringiz bo'ladi. Boshlagan ishlaringizda omad kelib katta martabalarga ega bo'lasiz.
Tarozi 24.09-23.10
Bugun sizni havotirga solayotgan barcha savollaringizni javobini olasiz. Ular yahshimi yoki yomonmi buni bilmaymiz. Tushunarsiz qiyinlari ham uchraydi, ularning echimini echishda esa do'stlaringiz yordam beradi.
Chayon 24.10-22.11
Bugun o'zingizni tajriba va qobilyatlaringizni boyitish istagi paydo bo'ladi. Bu ishga kirishishdan oldin bir o'ylab oling, sizni organizimingiz bunga tayyormikan. Moliyaviy tomondan esa omad sizga kulib boqadi.
O'qotar 23.11-21.12
Bugun ishlaringizda katta yutuqlarga erishishda bo'shashmang sendan harakat mendan barakat deb bejizga aytilmagan. Xar qanday muvaffaqiyat bu sizning harakatlaringiz mahsulidir, omad sari intiling.
Tog' echkisi 22.12-20.01
Bugun yaqinlaringiz orasida katta hurmatga sazovor bo'lasiz. Siz shirin so'zlik va go'zal hulqlik insonga aylanasiz.Sayohatlarni rejalashtirishingiz uchun yahshi kun.
Qovg'a 21.01-18.02
Bugun qonun bilan bog'liq bo'lgan ishlar bilan shug'ullanmaganingiz mayqul. Xozirda bu ishlardan yiroqda bo'ling bo'lmasa zarar ko'rib qiyin ahvolga tushib qolasiz. Kunni boshqa bir foydali ishlar bilan o'tkazing, ko'proq foyda topasiz.
Baliq 19.02-20.03
Bugun hayotingizni yorqin tomonga o'zgartirish sizning qo'lingizdadir. Atrofingizdagi insonlar bilan hushmuomalada bo'ling, o'z harakatlaringizga eytiborli bo'lsangiz bas shuda hayotning, har bir daqiqasidan zavqlanib yashaysiz.