Fransiya Kubogi. “PSJ” quyi liga jamoasiga 7 ta gol urdi, Mbappedan penta-trik (video)
Futbol bo‘yicha Fransiya Kubogining 1/16 final bahsida “PSJ” 23-yanvar, dushanba kuni quyi liga vakili “Pei-de-Kassel” maydonida mehmon bo‘ldi.
Foto: Getty Images
Uchrashuvda parijliklar 7:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “PSJ” safida Kilian Mbappe o‘z hisobiga beshta gol va bitta assist yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Neymar va Karlos Soler ham bittadan golga muallif bo‘ldi.
Shu tariqa Parij jamoasi keyingi bosqichga yo‘l oldi va u yerda “Marsel”ga qarshi bahs olib boradi.