Rodrigo de Paul Niderlandiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul JCH—2022 chorak finalini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Foto: Getty Images
Ole nashrining xabar berishicha, xavbek o‘ng oyog‘idagi son mushaklaridagi og‘riq sabab, umumjamoa mashg‘ulotlarida emas, o‘zi alohida shug‘ullangan.
“Atletiko” jamoasining futbolchisi 9-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Niderlandiyaga qarshi bahsda ishtirok etishi so‘roq ostida. Murabbiylar shtabi de Paul borasidagi qarorni keyinroq e’lon qilmochi.
Yarim himoyachi JCH—2022 bahslarining barchasida ishtirok etib kelayotgandi.