Inflyatsiya, iqlim o‘zgarishi va oziq-ovqat inqirozi: dunyo ekspertlari iqtisodiyot uchun eng katta xavflar haqida ma’lum qildi
Bloomberg iqtisodiyot uchun eng katta xavf nima ekanligi haqida mutaxassislar fikrini o‘rganib chiqdi.
Foto: Getty Images
Bugungi kunda dunyo, xususan Yevropa duch kelayotgan eng katta iqtisodiy xavf — bu energetika va oziq-ovqat inqirozidir.
Birinchidan, narxlarning keskin ko‘tarilishi nafaqat kambag‘allar, balki o‘rta sinfning quyi qatlami uchun ham jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Ikkinchi oqibat esa Yaqin Sharq va Afrikada ocharchilik xavfining oshishi, chunki nafaqat bu qishda, balki kelgusi qishda ham energiya tanqisligi yuzaga keladi. Bu Yevropada ijtimoiy notinchlik xavfini oshiradi.
Eng katta iqtisodiy xavf — AQSH iste’molchilari narxlarning ko‘tarilishi uzoq davom etishini taxmin qilib, xarajatlarini oshira boshlashi.
Ularning yuqori inflyatsion kutilmalari va ularga asoslanib chiqargan qarorlari inflyatsiyaga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Global hamjamiyat iqlim o‘zgarishidan tortib biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, o‘rmonlarning kesilishi, okeanlar va ichimlik suvida mikroplastmassalarning tarqalishigacha bo‘lgan o‘zaro bog‘liq xavflardan iborat keng miqyosli ekologik tanazzulga duch kelmoqda.
Patogen tahdidlarning kuchayishi insoniyatning sayyoralar chegaralari bilan to‘qnashuvining bir belgisidir. Shu bilan birga, bizning ichki siyosiy tizimlarimiz va global boshqaruv mexanizmlarimiz biz duch keladigan ekzistensial xavflarni bartaraf eta olmayapti.
Eng katta iqtisodiy xavf — bu og‘ir turdagi stagflyatsiya bo‘lib, bu narxlar barqaror va tez sur’atlar bilan o‘sib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu ssenariyda markaziy banklar narxlar o‘sishini to‘xtata olmaydi va yuqori foiz stavkalari bilan moliyaviy stressni kuchaytiradi.
Men uchun eng katta iqtisodiy xavf-xatarlardan biri bu iqtisodiy siyosat qarorlarini qabul qilishda qora va jigarrang odamlarni hisobga olmaslikdir.
Ushbu zaif guruhlar yaqinlashib kelayotgan va allaqachon mavjud bo‘lgan iqtisodiy voqeliklar bilan qanday kurashishini tan olmaslik, oxir-oqibatda hamma uchun qimmatga tushadi va mavjud tengsizliklarni yanada kuchaytiradi, bu esa biz erishayotgan har qanday taraqqiyotga putur etkazadi.
Biz buni 2009-yilda, iqtisodiy tiklanish harakatlari ishsizlik darajasi oshgan qora tanli ayollarni chetlab o‘tganida ko‘rdik. Umid qilamanki, biz yana bir xil xatoga yo‘l qo‘ymaymiz.
Uzoq muddatli iqlim o‘zgarishi, urush va shunga o‘xshash dahshatli narsalar doimo mavjud. Ammo qisqa muddatda, menimcha, eng katta xavf bu — Fed stavkani haddan tashqari oshirib yuborishidir.