APL. “Tottenhem” 5 ta gol urilgan o‘yinda raqibini tor-mor etdi
Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 1-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 6-avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Foto: Getty Images
“Tottenhem” “Sauthempton” bilan bahs olib bordi. “Shporlar” safida Rayan Sessenyon, Erik Dayer, Deyan Kulusevski gol urgan bo‘lsa, “Sauthempton” futbolchisi Salisu o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, “shporlar”ning yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Mehmonlar safida Jeyms Uord-Prouz o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa Antonio Konte shogirdlari mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.
“Nyukasl” “Nottingem Forest” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Lids” esa “Vulverhempton”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
APL
1-tur bahslari
6-avgust, shanba
Gollar: 0:1 – 12 Uord-Prouz, 1:1 – 21 Sessenyon, 2:1 – 31 Dayer, 3:1 – 61 Salisu (avtogol), 4:1 – 63 Kulusevski.
“Tottenhem”: Lyoris, Emerson (Doerti, 87), Dayer, Devis (Langle, 86), Romero, Sessenyon (Perishich, 66), Son Hyon Min, Hyoybyerg, Bentankur (Bissuma, 86), Kulusevski (Lukas Moura, 86), Keyn.
“Sauthempton”: Bazunu, Uoker-Piters (Redmond, 90), Bednarek, Valeri (Stivens, 46), Salisu, Jenepo (Perro, 72), Romeu (Diallo, 75), Uord-Prouz, Lavia, Aribo, Armstrong (Armstrong, 46).
Ogohlantirishlar: Sessenyon (24), Bentankur (75), Bissuma (88).
Gollar: 1:0 – 2 Lerma, 2:0 – 80 Mur.
Gollar: 0:1 – 6 Podense, 1:1 – 24 Rodrigo, 2:1 – 74 Ait-Nuri (avtogol).
Gollar: 1:0 – 58 Sher, 2:0 – 78 Uilson.