Janubiy Koreyada keng ko‘lamli o‘rmon yong‘ini ro‘y berdi
21-fevral kuni Janubiy Koreyaning janubi-sharqiy qismida keng miqyosli o‘rmon yong‘ini boshlandi. Yong‘in allaqachon Andong va Yechon shaharlari yaqinidagi taxminan 255 gektar o‘rmonni yo‘q qildi. Bu haqda Yonhap nashriga tayanib “Korrespondent.net” xabar berdi.
Foto: Reuters
Ikki mingga yaqin o‘t o‘chiruvchi va o‘nlab maxsus texnika yong‘in bilan kurashmoqda. Kuchli shamol tufayli yong‘in tez tarqalmoqda.
Mahalliy hokimiyat fikriga ko‘ra, yong‘in mahalliy aholining chiqindilarni yondirishi oqibatida kelib chiqqan.