Namoyishchi niqobi, yomg‘irli Toshkent, soyabonli chiroqlar. 23-fevral suratlari
23-fevral kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
AQShning Denver shahrida xodimlar parvoz vaqtida dvigatellaridan biri yonib ketgan Boeing 777-200 samolyotini ko‘zdan kechirmoqda.
Foto: EPA
Hindistonning Bangalor hududida xususiy maktablar va ta’limning boshqa tarmoqlaridagi xodimlar hukumatning xususiy maktablarda ta’lim uchun to‘lovni 30 foizga tushirish haqidagi qarorini qaytarib olishga chorlab namoyish o‘tkazmoqda.
Foto: EPA
Indoneziyaning Palangkariya hududida hayvonot bog‘iga ko‘chirishdan oldin 9 yoshli orangutanga og‘riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi ukol qilayotgan xodimlar.
Foto: EPA
23-fevral, seshanba kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib, yomg‘ir yog‘di.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Xitoyning Xanchjou hududida bahor bayrami arafasida osilgan soyabonli chiroqlar oldida suratga tushayotgan juftliklar.
Foto: Rex
Gruziyada muxolifatchi partiya rahbari Nika Meliya hibsga olindi. Maxsus kuchlar u bir haftadan buyon yashirinib o‘tirgan ofisga bostirib kirdi.
Foto: “RIA Novosti”
Germaniyaning Frankfurt shahrida restoranlardan birida o‘tirgan o‘yinchoq pandalar. Mamlakat hanuzgacha qisman kuchaytirilgan pandemiya chora-tadbirlariga amal qilmoqda.
Foto: AP Photo
Fransiyaning Etel hududida mamlakat prezidenti Emmanuel Makron qishloq xo‘jaligi masalalarini muhokama qilish uchun Burgundiyaga kelgan chog‘ida fermadagi qo‘zichoqni silamoqda.
Foto: EPA
Tailandning Bangkok shahrida politsiya hamda hukumatdagi korrupsiyaga qarshi namoyishda ishtirok etayotgan aholi vakili masxaraboz libosida.
Foto: AFP
Braziliyalik fermerlar mamlakat prezidenti Jair Balsonaruning ulkan figurasini ishirib, qarshilik namoyishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Foto: Reuters
Braziliyaning “Flamengo” futbol klubi ishqibozlari jamoa avtobusini muhim uchrashuvga kuzatib qo‘ymoqda.
Foto: Reuters