Ruminiyadagi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida to‘rt kishi vafot etdi
Ruminiya poytaxti Buxarestda 29-yanvar kuni tunda koronavirus bilan kasallanganlar uchun mo‘ljallangan shifoxonada yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Foto: “Newschainonline.com”
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan. 102 nafar bemor evakuatsiya qilingan.
Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 03:00 da Matey Bals kasalxonasi binolaridan birida boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Ruminiyada koronavirus bilan kasallangan bemorlar yotadigan reanimatsiya bo‘limida ham 10 kishi yong‘in sabab vafot etgan edi.