“O‘zbekistonda 2028-yilgacha chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmati barcha hududlarda 100 foizga yetkaziladi” – senator Bahodir To‘ychiyev
O‘zbekistonda 2028-yilgacha aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar bilan qamrab olish ko‘lami 100 foizga yetkaziladi. Bu haqda 14-dekabr kuni Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining navbatdagi majlisida senator Bahodir To‘ychiyev aytib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, hozirda barcha hududlarda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli infratuzilma yaratilmoqda. Bugungi kunda sanitar tozalash sohasida 13 ta “Toza hudud” DUK va ularning 174 ta filiali, “Maxsustrans” DUK hamda 101 ta xususiy korxona faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bahodir To‘ychiyev
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati
“So‘ngi yillarda nafaqat bizda, balki butun dunyoda ekologiya borgan sari buzilib bormoqda. Ekologiya bu – biz deganimiz. Ya’ni biz ekologiyaga qanchalik zarar yetkazsak, o‘zimizga shunchalik yomonlik qilgan bo‘lamiz. Sababi esa barchaga ma’lum. Biz ekologiyani hech bo‘lmaganda kelajak avlod uchun, farzandlarimiz uchun asrashimiz kerak. Uni avaylash, asrash burchimiz ekanligini tushunib yetishimiz kerak”, – dedi Bahodir To‘ychiyev.
Ma’lum bo‘lishicha, birgina Toshkent shahrining o‘zidan bir yilda 750 ming tonnadan ortiq chiqindi chiqadi. Chiqindilarning chiqindi poligonlariga yetib borgunicha turli sabablarga ko‘ra yo‘lda 30 foizi kamayadi. Chiqindi poligonlari esa borgan sayin to‘lib bormoqda.
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati
Shunday salbiy holatlarning oldini olish va ekologiyani yaxshilash maqsadida 2028-yilgacha chiqindilarni boshqarish sohasida qator ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan:
Shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish, infratuzilmani rivojlantirish, poligonlarni optimallashtirish, qayta yuklash stansiyalari va chiqindilarni qayta ishlash obyektlarini qurish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni kompleks amalga oshirish uchun xorijiy investorlar bilan 180 million dollarlik 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.