Toshkentda badminton bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi
Toshkentda badminton bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi, deb xabar berdi O‘zA.
Foto: O‘zA
Bugungi kunda mamlakatda 20 mingga yaqin yigit-qiz ushbu sport turi bilan shug‘ullanadi.
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Badminton federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu musobaqada 100 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Chempionat yakkalik, juftlik va aralash juftliklar o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari qatorida yosh sportchilar ham bahslashmoqda. Chempionat g‘olib va sovrindorlari 2-mart kuni aniqlanadi.