O‘zbekistonlik kurashchi Moskvada oltin medalni qo‘lga kiritdi
Moskvada o‘smirlar o‘rtasida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik Ilhom Bahromov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Foto: allwrestlingrus.blogspot.com
Rossiya, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston sportchilari ishtirok etgan musobaqaning 50 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar o‘rtasidagi hal qiluvchi bahsida Bahromov mezbon sportchi Ilya Mixaylovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.