Internetda o‘tkazilgan musobaqada samarqandlik shaxmatchi g‘olib bo‘ldi
Shaxmat bo‘yicha xalqaro sport ustasi o‘zbekistonlik Jo‘rabek Hamroqulov Rossiyaning Rostov shahrida o‘tkazilgan “Molot kubogi” musobaqasi g‘olibiga aylandi. Bu haqda “Zarafshon” nashri xabar berdi.
Jo‘rabek Hamroqulov. Foto: magichess.uz
Internet orqali ilk marta o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 50 dan ortiq tajribali shaxmatchilar ishtirok etdi.
Barcha raqiblarini yenggan Jo‘rabek turnirning bosh sovrinini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, xalqaro grossmeysterlar Artur Gabriyelyan (Rossiya) va Yuriy Solodovnichenko (Ukraina) qolgan ikki sovrinli o‘rinlarni egalladi.