“Barselona” klubi rahbariyati jamoa uchun yangi bosh murabbiy izlashga tushdi. Amaldagi bosh murabbiy Xerardo Martinoning shartnomasi 2015-yil o‘z nihoyasiga yetadi. Ammo argentinalik murabbiy shu yilning yozidayoq jamoani tark etishi kutilmoqda, deb ma’lum qildi Uff.uz.
Xerardo Martino. Foto: smotrisport.tv
Kataloniyaliklar bir qator mutaxassislarni bosh murabbiylikka nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Qisqartirilgan ro‘yxatdan quyidagi mutaxassislar o‘rin olgan:
Ernesto Valverde (“Atletik”),
Luis Enrike (“Selta”),
Andre Villash-Boash (sobiq “Tottenxem”),
Diyego Simeone (“Atletiko”)
Yurgen Klopp (“Borussiya Dortmund”).
Bundan tashqari, Roberto Martines (“Everton”) va Vinchenso Montellaning (“Fiorentina”) ham nomzodi ko‘rilmoqda.