Jahon futbolining eng janjalkash yulduzlaridan biri, “Milan” hujumchisi Mario Balotelli Twitter ijtimoiy tarmog‘ida akkaunt ochdi. Bu haqda klub rasmiy ma’lumotlariga tayanib sports.ru xabar bermoqda.
vip.it
@FinallyMario akkaunti registratsiyadan to‘rt soat o‘tgach, 35 mingga yaqin foydalanuvchilar (folloverlar) tomonidan o‘qildi. Maqola yozilayotgan holatda esa ular soni 197 578 tani tashkil etayotgandi.
Mario shu paytgacha hech qaysi ijtimoiy tarmoqqa a’zo emasdi. Uning nomidan ko‘plab parodiya profillar yuritiladi.
Ayni paytda futbolchining maydondagi ishlari ham yaxshi ketmoqda. Balotelli joriy mavsumda “Milan” tarkibida 12 uchrashuvda maydonga tushib, 11 golga mualliflik qilgan.