PSJ Ronaldu uchun 100 million yevro taklif qilmoqda
Fransiyaning PSJ klubi Madridning “Real” klubi futbolchisi Krishtianu Ronalduni sotib olish niyatida. Bu haqda Fransiyaning “L’Equipe” nashriga tayanib Stadion.uz xabar bermoqda.
foto: hamrofootball.com
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchining transfer narxi 100 million yevroni tashkil qiladi. O‘z vaqtida “Real” Ronalduni 94 million yevro evaziga xarid qilgandi.
Agar bu xarid amalga oshadigan bo‘lsa, parijliklar futbolchi uchun yiliga 18 million yevro maosh berishga rozi bo‘lib turishibdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronalduni sotib olish uchun shuningdek, “Manchester Yunayted” ham da’vogar. Inglizlar futbolchi uchun 50 dan 70 million funt-sterlinggacha pul berishlari mumkinligini ma’lum qilishgandi.
Ammo Krishtianu Roanldu Jerar Depardiyening Fransiya fuqaroligidan voz kechgani sababi ham hisobga olishi kerak. Ya’ni Farang yurtida 1 million dollardan ortiq pul topadigan odamlarga 75% lik soliq qo‘yilgan. Shu sababli ba’zi futbolchilar Fransiya klublarida to‘p surishni istashmagandi.