Ham xonanda, ham aktrisa bo‘lgan Nilufar Usmonova klipda suratga tushishga qaror qildi. “Bojalar” guruhining yangi “Nilufarim” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipda biz Nilufar Usmonovani ko‘rishimiz mumkin. Bu haqda shou-biznes.uz sayti xabar berdi.
foto: shou-biznes.uz
Ko‘pchilik “Bojalar” guruhi va Nilufar Usmonovanining birga tushgan fotosuratlarini ko‘rib, ular yangi duet ijro etishgan deb o‘ylashi hech gap emas. Aslida Nilufar Usmonova “Bojalar”ning klipida suratga tushib bergan xolos.
Qo‘shiq nomi ham “Nilufarim” deb nomlanganligi juda qiziq holat. Qo‘shiqda Nilufar Usmonovaning ovozi ham eshitish mumkin. Bu yerda qo‘shiq ijrosi emas, shunchaki so‘zlar Nilufarning ovozi bilan jarang sochadi.